02:00 / 09.05.2024
17004

«Real» «Bavariya» bilan bahsda superkambek amalga oshirib, Chempionlar Ligasi finaliga yo‘l oldi

Foto: Marca

Yevropa Chempionlar Ligasi ikkinchi yarimfinalida «Real» o‘z uyida «Bavariya» ustidan irodali g‘alabaga erishdi. 

68-daqiqada Madrid klubiga o‘tishi kutilayotgan Devis supergoli bilan hisobni ochgan bo‘lsa, zaxiradan tushgan Xoselu 88 va 90+1-daqiqalarda dublga erishdi va «qirollik klubi»ni finalga olib chiqdi. 

Anchelotti jamoasi 1 iyun kungi finalda Germaniyaning boshqa bir jamoasi «Borussiya D» bilan to‘qnash keladi. Bellashuv Londondagi «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tadi. 

YeChL. Yarimfinal. Javob bahsi
Real — Bavariya 2:1

8 may, «Santiago Bernabeu»
Gollar: Xoselu (88, 90+1) — Devis (68).
Real – Lunin, Karvaxal, Nacho, Ryudiger, Mendi, Valverde (Xoselu, 81), Bellinghem (Militao, 90+10), Kroos (Modrich, 69), Chuameni (Kamavinga, 70), Vinisius Junior, Rodrigo (Braim Dias, 81).
Bavariya – Noyyer, Dayyer, de Ligt, Mazraui, Pavlovich, Laymer, Kimmix, Sane (Kim Min Chje, 76), Musiala (Myuller, 84), Keyn (Shupo-Moting, 85), Gnabri (Devis, 27).
Ogohlantirish: Kamavinga (90+10).

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Top