10:44 / 10.05.2024
9314

Markaziy Qizilqum tabiat bog‘ida ilk bor saqoqushlar galasi qayd etildi

O‘zbekistonda saqoqushlarning ikki - pushti va jingalak turi ma’lum. 

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Markaziy Qizilqum milliy tabiat bog‘i hududida ilk bor saqoqushlar galasi qayd etildi.

Saqoqushlar yirik dengiz qushlari bo‘lib, ularning tanasi uzunligi 130-180 sm va vazni 7-14 kgga yetadi. 

O‘zbekistonda saqoqushlarning ikki — pushti va jingalak turi ma’lum. 

Ular Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining Qizil ro‘yxatiga va O‘zbekiston Qizil kitobiga yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan tur maqomi bilan kiritilgan.

Top