08:05 / 11.05.2024
3971

Muqimiy ko‘chasida Lacetti yo‘lni ajratib turuvchi temir panjaraga kelib urildi

Chilonzor tumanida Lacetti avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. U yo‘lni ajratib turuvchi temir panjaraga kelib urilgan.

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB

Joriy yilning 10 may kuni soat 23:00 larda Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Haydovchi, 2004 yilda tug‘ilgan M.R. o‘z boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lni ajratib turuvchi temir panjaraga to‘qnashgan.

YTH natijasida tan jarohat olganlar yo‘q.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda yo‘l transport hodisasi rasmiylashtirilgan.

Mavzuga oid
Top