Jamiyat | 21:57 / 13.05.2024
6781
1 daqiqa o‘qiladi

Qo‘qonda 19 nafar fuqaro nomiga avtokredit rasmiylashtirgan shaxslar aniqlandi 

Gumondorlar o‘zgalar nomiga avtokredit rasmiylashtirib, mablag‘larni o‘zlashtirib yuborgan. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘qon shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda 19 nafar fuqaro nomiga avtokredit rasmiylashtirgan shaxslar aniqlandi. 

Qayd qilinishicha, Sh.U. va A.V. Toshkent shahridagi bir necha korxona rahbarlari bilan til biriktirib, 19 nafar fuqaro nomiga tijorat banki filiallaridan jami 6,3 mlrd so‘m avtokredit ajratilishiga erishgan. 

Ushbu kredit hisobidan fuqarolarga avtomashinalar yetkazib berilmagan va mablag‘lar talon-toroj qilingan.

Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 

Mavzuga oid