07:40 / 15.05.2024
2308

Bir tup daraxtni noqonuniy kesgan shaxs 8,5 mln so‘m jarimaga tortildi

Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limi xodimlari tomonidan navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi. 

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabariga ko‘ra, reyd davomida tumanning G‘alaba mahallasida huquqbuzar tomonidan ariq bo‘yida o‘sib turgan bir tup daraxt tegishli ruxsatnomasiz kesib yuborilgani aniqlandi.

Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi (daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. 

Huquqbuzar bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari — 8 million 500 ming so‘m miqdorida jarimaga tortilgan.

Top