07:32 / 18.05.2024
5629

Namangan viloyati tog‘li hududlarida sel kelishi kuzatildi 

Namangan viloyati Pop tumanining tog‘li hududlarida sel kelishi kuzatildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi. 

Kecha, 17 may kuni Namangan viloyati hokimi — fuqaro muhofazasi boshlig‘i Shavkat Abdurazzoqov favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i va boshqa mutasaddilar ishtirokida mazkur hududda bo‘lib, seldan keyingi holat bilan tanishdi.   

Viloyat rahbari joylarni ko‘zdan kechirib, mas’ullarga suv-seldan talafot ko‘rgan joylar bo‘yicha tezkorlikda bajarilishi zarur bo‘lgan masalalarda topshiriqlar berdi. 

Shuningdek, fuqarolar murojaatlari tinglanib, oziq-ovqatga ehtiyoj sezgan fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari ham topshirildi.

Top