09:15 / 20.05.2024
1939

Saudiya O‘zbekistondan xizmat ko‘rsatish sohasi vakillari va hamshiralarni ishga jalb etish taklifini bildirdi

O‘zbekiston elchisi Nodir Turg‘unov Saudiya Arabistonining Kdot Partners kompaniyasi ijrochi direktori Faysal al-Dovud bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA

"Dunyo" xabariga ko‘ra, unda mehnat sohasida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalarini yanada jadallashtirish, Saudiyada ishlayotgan yurtdoshlar haq-huquqlarini ta’minlash va qonuniy migratsiyani tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Faysal al-Dovud ikki davlat o‘rtasida aloqalar barcha jabhalarda rivojlanib borayotganini, saudiyalik ishbilarmon doira vakillarining O‘zbekistonga investitsiya kiritishga qiziqishi ortganini ta’kidladi. U mamlakat kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolaganini qayd etdi. Ma’lum qilinishicha, kompaniya O‘zbekistondan xizmat ko‘rsatish sohasi vakillari, texniklar va hamshiralarni ishga jalb etishga e’tibor qaratmoqda.

"Ushbu soha mutaxassislariga Saudiya Arabistonida talab juda yuqori. Shuni inobatga olib biz o‘zbek tomoni bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishdan manfaatdormiz", dedi u.

Top