10:47 / 22.05.2024
9215

O‘zbekistonda eng ko‘p tashrif buyuruvchilarga ega top-5 muzey ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 2023 yilda muzeylarga 5,7 mln kishi tashrif buyurgan.

Foto: Kun.uz

2024 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistondagi muzeylar soni 140 tani tashkil etgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, muzeylarga 2023 yil davomida 5,7 mln kishi tashrif buyurgan.

Mamlakatdagi eng ko‘p tashrif buyuruvchilarga ega bo‘lgan top-5 ta muzey:

  • Registon ansambli – 1 010,8 ming kishi;
  • Samarqand davlat muzey qo‘riqxonasi – 1 006,6 ming kishi;
  • G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasi tarkibidagi Shon-sharaf davlat muzeyi – 648,5 ming kishi;
  • Xiva Ichan-qal’a davlat muzey qo‘riqxonasi – 448,4 ming kishi;
  • Buxoro davlat muzey qo‘riqxonasi – 390,3 ming kishi.
Mavzuga oid
Top