ESG reytingini qo‘lga kiritish yo‘lida yana bir qadam
“Navoiyuran” davlat korxonasida zamonaviy boshqaruv tamoyillarini tatbiq qilish ishlari jadal olib borilmoqda, xususan joriy yil mart-aprel oylarida korxonada 2 ta xalqaro standart ISO 27001 “Axborot xavfsizligi menejmenti” va ISO 50001 “Energetika menejmenti” tizimlarning talablari joriy etilib, sertifikatlashtirish auditi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Foto: Navoiyuran
Shu munosabat bilan, 22 may sanasida “Cert International” xalqaro sertifikatlash tashkiloti bosh auditori Riad Ibragimov “Navoiyuran” davlat korxonasi bosh direktori Jamol Fayzullayevga ISO 27001 va ISO 50001 sertifikatlarini rasmiy ravishda topshirdi hamda ESG tamoyillarini faol joriy etib kelayotgan korxona jamoasiga kelgusi rejalarini amalga oshirishida omad va muvaffaqiyatlar tiladi.
Avvalroq, 2023 yil may oyida korxonada 3 ta xalqaro ISO standart talablari joriy etilib, ISO 9001 “Sifat menejmenti”, ISO 14001 “Ekologik menejmenti” va ISO 45001 “Mehnatni muhofazasi va texnika xavfsizligini ta’minlash menejmenti” sertifikatlari qo‘lga kiritilgan edi.
Mazkur sertifikatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14 iyuldagi “2022 — 2030 yillarda “Navoiyuran” davlat korxonasida uranni qazib olish, qayta ishlash hajmlarini oshirish hamda uni transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-319-sonli qarori bilan korxonani transformatsiya qilish, shu jumladan “Environment, Social & Governance” (ESG) tamoyillarini joriy etish topshirig‘i ijrosi doirasida qo‘lga kiritilmoqda.
Mazkur ISO 27001 va ISO 50001 sertifikatlarning qo‘lga kiritilishi va jami qo‘lga kiritilgan xalqaro ISO standartlari bo‘yicha sertifikatlarning 5 taga yetkazilishi “Navoiyuran” davlat korxonasi tomonidan ESG tamoyillarini joriy etish va ESG reytingini qo‘lga kiritish yo‘lida olib borilayotgan faol harakatlarining mantiqiy davomi bo‘lib xizmat qiladi.
“Navoiyuran” DK axborot xizmati
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Eron va Isroilning harbiy salohiyati: kimda qanday qurollar bor?
Jahon | 18:04 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati biroz pasayadi
O‘zbekiston | 13:20
-
O‘zbekistonda chiqindidan yoqilg‘i olish bo‘yicha loyiha amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 13:10
-
Rossiyada ukrain tili maktab dasturidan chiqarib tashlandi
Jahon | 13:00
-
Samarqandda BMTning Davlat xizmati forumi o‘z ishini boshladi
O‘zbekiston | 12:50
Mavzuga oid

17:00 / 09.06.2025
"Navoiyuran" korxonasida ESG tamoyillari asosida yangi standartlar joriy etildi

19:00 / 18.04.2025
“Navoiyuran” davlat korxonasi ishlab chiqarish rejasini ortig‘i bilan bajardi

19:00 / 12.04.2025
“Navoiyuran” davlat korxonasi ESG reytingini qo‘lga kiritdi

19:13 / 15.01.2025