Parij: Kiyevga Rossiya harbiy bazalarini «zararsizlantirish»ga ruxsat berish kerak
G‘arb qurollarining Rossiyadagi tinch aholi nishonlariga hujumiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, dedi Fransiya prezidenti. Germaniya kansleri Kiyevning Rossiya Federatsiyasiga zarba berish uchun G‘arb qurollaridan foydalanishi haqida aniq gap gapirmadi.
Kiyevga Rossiya Ukraina hududiga raketalarini otgan harbiy bazalarni «zararsizlantirish» uchun G‘arb qurollaridan foydalanishga ruxsat berilishi kerak. Bunday fikrni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 28 may, seshanba kuni Berlin yaqinidagi Mezeberg saroyida Germaniya kansleri Olaf Shols bilan qo‘shma matbuot anjumanida bildirdi.
«Biz ularga raketalar uchiriladigan harbiy obektlarni (...), Ukrainaga hujum qilinadigan harbiy obektlarni zararsizlantirishga ruxsat berishimiz kerak», - deya iqtibos keltiradi Fransiyaning Le Monde gazetasi davlat rahbarining so‘zlaridan. - Agar biz ularga (Ukrainaga): «Raketalar uchirilgan joyga yaqinlashishga ruxsat yo‘q», desak, ularga: «Biz sizni qurol bilan ta’minlaymiz, ammo o‘zingizni himoya qila olmaysiz» deb aytgan bo‘lamiz.
Shu bilan birga, Makron Ukrainaga «Rossiyadagi boshqa nishonlarni va, shubhasiz, tinch aholi nishonlarini» urishiga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini ta’kidladi.
Matbuot anjumani chog‘ida Fransiya prezidenti fransuz rasmiylariga ko‘ra, Ukrainaga hujumlar qaysi hududlardan amalga oshirilayotgani aks etgan xaritani ko‘rsatdi. Boshqa narsalar qatorida, gap Ukraina bilan chegaradan uzoqda joylashgan Rossiya Federatsiyasi hududi haqida borgan.
«NATOga a’zo davlatlardan birining rahbari birinchi marta G‘arb qurollarini Rossiyadagi pozitsiyalariga qarshi qo‘llash tarafdori bo‘lib chiqdi», — deyiladi Germaniyaning Tagesthemen axborot dasturi saytida.
Shols Kiyevning Rossiyaga zarba berish uchun G‘arb qurollaridan foydalanishi haqida
O‘z navbatida, Germaniya kansleri Olaf Shols aniq gap gapirmadi. Xususan, u «Ukraina, xalqaro huquq nuqtayi nazaridan, qilayotgan ishlari uchun barcha imkoniyatlarga ega», deb ta’kidladi.
Shu bilan birga, u Kiyevga Berlin tomonidan yetkazib berilgan qurol tizimlaridan ana shunday maqsadlarda foydalanishni taqiqlash haqidagi ayrim OAV xabarlarini rad etdi. Bunday bayonotlar «hech qachon bo‘lmagan» va «hech qachon bo‘lmaydi», dedi Shols. «Germaniya hukumati nuqtayi nazaridan, hujumga uchragan davlatlarga tajovuzkor davlat hududidagi nishonlarga hujum qilishga ruxsat beriladi», deb tushuntiradi Tagesschau. Olaf Sholsning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina bilan bu borada ilgari mavjud bo‘lgan kelishuv «amalda yaxshi ishlagan».
29 mayga o‘tar kechasi AQSh Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi Vashington «Rossiyaga hujum qilish uchun AQSh tomonidan Ukrainaga yetkazib berilgan qurollardan foydalanishni rag‘batlantirmaydi yoki bunga ruxsat bermasligini» ma’lum qildi.
Putin keskinlashuv oqibatlari haqida
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kiyevning Rossiya ichkari qismidagi nishonlarga zarba berish uchun G‘arbning uzoq masofali aniqlikdagi qurollaridan foydalanishi mumkinligi haqidagi muhokamaga keskin munosabat bildirdi. «Bu jiddiy narsa, albatta, biz buni diqqat bilan kuzatyapmiz», dedi Putin. «Uzluksiz keskinlashuv jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin», deya ogohlantirdi u «global mojaro» ehtimoliga ishora qilib.
Boshqa narsalar qatorida, Putin ba’zi hollarda uzoq masofaga mo‘ljallangan aniq qurollar uchun nishonlarni hisoblash Ukraina harbiylari tomonidan emas, balki Shimoliy Atlantika alyansi mamlakatlari vakillari tomonidan amalga oshirilishini ta’kidladi.
«NATO davlatlari vakillari, ayniqsa Yevropada, ayniqsa, kichik davlatlarda - ular umuman nima bilan o‘ynashayotganidan xabardor bo‘lishlari kerak. Ular esda tutishlari kerakki, bu, odatda, juda zich aholiga ega kichik hududli davlat. Bu esa, ular Rossiya hududiga chuqur zarbalar berish haqida gapirishdan oldin yodda tutishlari kerak bo‘lgan omil», — deya Putinning so‘zlaridan iqtibos keltirgan Rossiya davlat agentligi TASS.
Avvalroq, 24 may kuni NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg The Economist nashriga bergan intervyusida G‘arb ittifoqchilari «Ukrainaga bergan qurollardan foydalanishga qo‘ygan ayrim cheklovlarni olib tashlash vaqti kelganini» aytgan edi.
Mavzuga oid
22:14 / 21.12.2024
Ukrainada askarlar yetishmayotgani sabab havo hujumidan mudofaa harbiylarini yuborish buyurildi
20:38 / 21.12.2024
Kursk oblastining Rilsk shahri o‘qqa tutildi
18:44 / 21.12.2024
Zelenskiy bir qator ukrainalik diplomatlarni ishdan oldi
15:13 / 21.12.2024