O‘zbekiston | 19:26 / 07.06.2024
3493
2 daqiqa o‘qiladi

«Tirik tarix» filmlar turkumini yaratish dasturi tasdiqlandi 

Dastur orqali vatan ozodligi va ravnaqi yo‘lida kurash olib borgan buyuk sarkarda va davlat arboblarining murakkab hayoti va davlatchilik faoliyatini xolis va haqqoniy ko‘rsatib berish belgilandi. 

«Kinematografiya sohasini yanada rivojlantirish hamda mamlakatimiz tarixiga bag‘ishlangan filmlar turkumini yaratishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi. 

Qarorga ko‘ra, kinematografiya sohasini yangi bosqichga ko‘tarish, milliy davlatchilikning uch ming yildan ziyod tarixini, buyuk ajdodlar ilmiy, madaniy va ma’naviy merosini aks ettiruvchi filmlar turkumini ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2024–2027 yillarga mo‘ljallangan «Tirik tarix» filmlar turkumini yaratish dasturi tasdiqlandi. 

Dastur orqali vatan ozodligi va ravnaqi yo‘lida kurash olib borgan buyuk sarkarda va davlat arboblarining murakkab hayoti va davlatchilik faoliyatini xolis va haqqoniy ko‘rsatib berish belgilandi. 

Shuningdek, quyidagilar tuzildi:

- Kinematografiyani rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy komissiya (Milliy komissiya);

- Filmlarning g‘oyaviy-badiiy saviyasini oshirishga ko‘maklashuvchi milliy kengash (Milliy kengash). 

«Tirik tarix» dasturi doirasida:

- filmlar ishlab chiqarish uchun kinoloyihalarni tayyorlash bo‘yicha tanlov tashkil etiladi va eng yaxshi kinoloyihalar tanlab olinadi;

- kinoloyihalarga muvofiq filmlar ishlab chiqarish uchun taqdimot shaklidagi tanlovlar (pitching) asosida kinokompaniyalar aniqlanadi. 

Mavzuga oid