Jahon | 21:49 / 11.06.2024
11492
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va Eron hamkorlik shartnomasi tuzish jarayonini to‘xtatdi

Ikki davlat o‘rtasida shartnoma imzolash qarori «hech qachon o‘z kuchini yo‘qotmagan» va jarayonning to‘xtatilishi Eron prezidenti Ibrohim Raisiy vafoti bilan bog‘liq emasligi ta’kidlanmoqda. 

Foto: Reuters

Moskva va Tehron strategik hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni ishlab chiqish jarayonini to‘xtatdi. Bu Eron tomonida yuzaga kelgan muammolar tufayli ekani aytilmoqda. 

Bu haqda RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida Rossiya TIV Osiyo bo‘yicha ikkinchi departamenti direktori Zamir Kabulov ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, Moskva va Tehron o‘rtasida keng qamrovli hamkorlik to‘g‘risida yangi shartnoma imzolash qarori «hech qachon o‘z kuchini yo‘qotmagan» va jarayonning to‘xtatilishi Eron prezidenti Ibrohim Raisiy vafoti bilan bog‘liq emas. 

Shuningdek, u shartnoma matnini kelishib olish zarurligini, shundan so‘ng ikki davlat rahbarlari uni imzolash vaqti va joyini kelishib olishi lozimligini qo‘shimcha qildi. 

Tehron va Moskva o‘rtasidagi munosabatlar 2001 yilda imzolangan Munosabatlar asoslari va hamkorlik tamoyillari to‘g‘risidagi bitim asosida qurilgan. Hujjat har besh yilda yangi muddatga uzaytiriladi. Biroq, so‘nggi yillarda tomonlar hujjatni qayta ko‘rib chiqishga qaror qilishdi, chunki u «geosiyosiy vaziyatning yangi voqeliklariga mos kelmaydi». 

Mavzuga oid