18:24 / 11.06.2024
18869

Yevro-2024 tanishtiruvi: A va B guruhlaridagi jamoalar, tarkiblar va o‘yinlar taqvimi

Yevropa chempionati mezbonlari joy olgan kvartet hamda «o‘lim guruhi» haqida foydali ma’lumotlar.

Yevropa chempionati: o‘yinlar qayerlarda bo‘lib o‘tadi va asosiy sanalar

Bu safargi Yevropa chempionati 2024 yil 14 iyunidan 14 iyuliga qadar bo‘lib o‘tadi. Yevro-2024 o‘yinlariga Germaniyaning o‘n shahri mezbonlik qiladi: Berlin, Hamburg, Gelzenkirhen, Dortmund, Dyusseldorf, Kyoln, Leypsig, Myunxen, Frankfurt va Shtutgart.

O‘yinlar ushbu shaharlardagi o‘nta stadionda tashkillashtiriladi: «Olimpiashtadion», «BVB-Shtadion», «Dyusseldorf Arena», «Frankfurt Arena», «Arena AufShalke», «Folksparkshtadion», «Kyoln Shtadion», «Leypsig Shtadium», «Alyans Arena», «Shtutgart Arena».

Yevro-2024 guruh bosqichi 26 iyunga qadar davom etadi. Pley-off uchrashuvlari 28 iyun kuni, 1/8 final bosqichidan boshlanadi. Chorak final o‘yinlari 5 va 6 iyul, yarimfinallar — 9 va 10 iyul kunlariga belgilangan. Final 14 iyul kuni Berlindagi «Olimpiashtadion» arenasida o‘tkaziladi.

A guruhi jamoalari

Yevro-2024 A guruhidan Germaniya, Shotlandiya, Vengriya va Shveytsariya o‘rin olgan.

Yulian Nagelsman boshqaruvidagi nemislar jamoasi turnir mezboni sifatida Yevropa chempionati saralash bosqichidan ozod etilgandi. Yevro-2020 da Germaniya 1/8 finalda Angliyadan mag‘lub bo‘lgandi (0:2).

Shotlandiya Stiv Klark boshchiligida Yevro-2024 saralashida A guruhida 17 ochko to‘plab, Ispaniyadan keyingi 2-o‘rin bilan final bosqichiga chiqqandi. Oldingi Yevropa chempionatida shotlandlar D guruhida bir ochko bilan oxirgi o‘rinda qolib, pley-offga chiqa olmagandi.

Marko Rossi bosh murabbiy bo‘lgan Vengriya milliy jamoasi Yevro-2024 saralashida G guruhida 18 ochko bilan birinchi bo‘lgan. Yevropa-2020 chempionatida vengrlar F guruhida ikki ochko bilan oxirgi o‘rinda qolgan va pley-offga chiqa olmagandi.

Murat Yaqin bosh murabbiyligidagi Shveytsariya bu safargi turnirga I guruhida 17 ochko to‘plab, ikkinchi o‘rin bilan keldi. 2020 yilgi Yevropa chempionatida shveysariyaliklar 1/4 finalgacha yetib kelishgan va penaltilar seriyasida Ispaniyadan mag‘lub bo‘lishgan (1:1, penalti — 1:3).

Germaniya milliy jamoasining Yevro-2024 uchun tarkibi

Darvozabonlar: Oliver Bauman («Hoffenhaym»), Manuel Noyyer («Bavariya»), Mark-Andre ter Shtegen («Barselona»).

Himoyachilar: Valdemar Anton («Shtutgart»), Yozua Kimmih («Bavariya»), Benyamin Xenriks («Leypsig»), Robin Kox («Ayntraxt»), Maksimilian Mittelshtedt («Shtutgart»), David Raum («Leypsig»), Antonio Ryudiger («Real»), Niko Shlotterbek («Borussiya» D), Jonatan Ta («Bayyer»).

Yarimhimoyachilar: Robert Andrih («Bayyer»), Kris Fyurih («Shtutgart»), Paskal Gros («Brayton»), Ilkay Gundo‘g‘an («Barselona»), Toni Kroos («Real»), Jamal Musiala («Bavariya»), Aleksandar Pavlovich («Bavariya»), Leroy Sane («Bavariya»), Florian Virs («Bayyer»).

Hujumchilar: Maksimilian Bayyer («Hoffenhaym»), Niklas Fyullkrug («Borussiya» D), Kay Havers («Arsenal»), Tomas Myuller («Bavariya»), Deniz Undav («Shtutgart»).

Shotlandiya milliy jamoasining Yevro-2024 uchun tarkibi

Darvozabonlar: Angus Gann («Norvich»), Zender Klark, Kreyg Gordon (ikkisi ham — «Hars»), Liem Kelli («Mazeruell»).

Himoyachilar: Endryu Roberson («Liverpul»), Kiran Tirni («Real Sosedad»), Jyek Hendri («Al-Ittifoq»), Rayan Porteus («Uotford»), Liem Kuper («Lids»), Skott Makkenna («Kopengagen»), Grant Henli («Norvich»), Greg Teylor, Entoni Ralston (ikkisi ham — «Seltik»), Jon Suttar («Reyndjers»), Ross Makkrori («Bristol Siti»).

Yarimhimoyachilar: Kallum Makgregor («Seltik»), Rayan Kristi («Bornmut»), Billi Gilmor («Brayton»), Djon Makginn («Aston Villa»), Kenni Maklin («Norvich»), Skott Maktominey («Manchester Yunayted»), Styuart Armstrong («Sauthempton»), Rayan Jyek («Reyndjers»).

Hujumchilar: Lindon Dayks («Kuinz Park Reyndjers»), Che Adams («Sauthempton»), Lourens Shenklend («Hars»), Ben Douk («Liverpul»), Jyeyms Forrest («Seltik»).

Vengriya milliy jamoasining Yevro-2024 uchun tarkibi

Darvozabonlar: Denesh Dibus («Ferensvarosh»), Peter Gulachi («RB Leypsig»), Peter Sappanosh («Paksh»).

Himoyachilar: Botond Balog («Parma»), Endre Botka («Ferensvarosh»), Marton Dardai («Herta»), Attila Fiola («Fehervar»), Adam Lang («Omoniya»), Villi Orban («RB Leypsig»), Attila Salai («Frayburg»).

Yarimhimoyachilar: Bendeguz Bolla («Servett»), Mixay Kata (MTK), Milosh Kerkez («Bornmut»), Laslo Klyaynxaysler («Hayduk»), Adam Nad («Spetsiya»), Jolt Nad («Akademiya Pushkash»), Loik Nego («Gavr»), Ondrash Shefer («Union»), Kallum Staylz («Sanderlend»).

Hujumchilar: Martin Adam («Ulsan»), Kevin Chobot («Uypesht»), Daniyel Gozdog («Filadelfiya»), Kristofer Xorvat («Kechkemet»), Roland Shallai («Frayburg»), Dominik Soboslai («Liverpul»), Barnabash Varga («Ferensvarosh»).

Shveytsariya milliy jamoasining Yevro-2024 uchun tarkibi

Darvozabonlar: Ivon Mvogo («Loryan»), Gregor Kobel («Borussiya» D), Yan Zommer («Inter»).

Himoyachilar: Manuel Akanji («Manchester Siti»), Niko Elvedi («Borussiya» M), Rikardo Rodriges («Torino»), Fabian Sher («Nyukasl»), Leonidas Stergiu («Shtutgart»), Silvan Vidmer («Mayns»), Tsedrik Tseziger («Volfsburg»).

Yarimhimoyachilar: Mixel Ebisher, Remo Froyler (ikkisi ham — «Bolonya»), Denis Zakariya («Monako»), Stiven Tsuber (AYeK), Granit Chaka («Bayyer»), Sherdan Shaqiri («Chikago Fayr»), Fabian Rider («Renn»), Ruben Vargas («Augsburg»), Ardon Chashari («Lyutsern»), Vensan Siyerro («Tuluza»), Renato Shteffen («Lugano»).

Hujumchilar: Noa Okafor («Milan»), Zeki Amduni («Byornli»), Brel Embolo («Monako»), Kvandvo Dua («Ludogorets»), Dan Ndoy («Bolonya»).

A guruhidagi o‘yinlar taqvimi

14 iyun, juma

Myunxen. 00.00 (Toshkent vaqti bilan). Germaniya — Shotlandiya

15 iyun, shanba

Kyoln. 18.00. Vengriya — Shveytsariya

19 iyun, chorshanba

Shtutgart. 21.00. Germaniya — Vengriya

Kyoln. 00.00. Shotlandiya — Shveytsariya

23 iyun, yakshanba

Frankfurt Mayn. 00.00. Shveytsariya — Germaniya

Shtutgart. 00.00. Shotlandiya — Vengriya

B guruhi jamoalari

Yevro-2024 B guruhidan Ispaniya, Italiya, Xorvatiya va Albaniya jamoalari joy olgan.

Luis de la Fuente boshchiligidagi Ispaniya milliy jamoasi saralash bosqichida 21 ochko to‘pladi va birinchi o‘rin bilan turnirning final qismiga yo‘llanma oldi. Qizil furiya sakkiz o‘yinda yetti g‘alaba va bir mag‘lubiyat qayd etdi. Yevro-2020 turnirida ispanlar yarimfinalga chiqqan va penaltilar seriyasida Italiyaga mag‘lub bo‘lgandi (1:1, 2:4).

Luchano Spalletti boshchiligidagi Italiya milliy jamoasi Yevro-2024 saralashida C guruhida 14 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Italyanlar jamoasi Yevro-2020 chempionati g‘olibi bo‘lgandi. «Skuadra adzurra» Londondagi «Uembli» stadionida kechgan finalda Angliyani penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchratgan (1:1, 3:2).

Zlatko Dalich boshchiligidagi Xorvatiya milliy jamoasi
Yevro-2024 saralashida D guruhida 16 ochko to‘pladi va ikkinchi o‘rinni egalladi. Yevro-2020 turnirida xorvatlar 1/8 finalda Ispaniyaga qo‘shimcha bo‘limlarda yutqazgandi (3:5).

Silvinio boshchiligidagi Albaniya milliy jamoasi Yevro-2024 saralashida Ye guruhida 15 ochko bilan birinchi o‘rinni egallagandi. Albanlar uchun o‘z tarixidagi birinchi va oxirgi Yevropa chempionati 2016 yilgisi bo‘lgandi. O‘shanda jamoa A guruhida uch ochko bilan uchinchi o‘rinni egallagan, ammo pley-offga chiqa olmagandi.

Ispaniya milliy jamoasining Yevro-2024 uchun tarkibi

Darvozabonlar: Unay Simon («Atletik»), David Rayya («Arsenal» Angliya), Aleks Remiro («Real Sosedad»).

Himoyachilar: Dani Karvaxal («Real»), Xesus Navas («Sevilya»), Emerik Laport («An-Nasr»), Roben Le Norman («Real Sosedad»), Dani Vivian («Atletik»), Alexandro Grimaldo («Bayyer»), Nacho Fernandes («Real»), Mark Kukurelya («Chelsi»).

Yarimhimoyachilar: Rodrigo Ernandes («Manchester Siti»), Martin Subimendi, Mikel Merino (ikkisi ham — «Real Sosedad»), Fabian Ruis («PSJ»), Aleks Baena («Vilyarreal»), Pedri («Barselona»), Fermin Lopes («Barselona»).

Hujumchilar: Lamin Yamal («Barselona»), Niko Uilyams («Atletik»), Dani Olmo («RB Leypsig»), Mikel Oyarsabal («Real Sosedad»), Pablo Sarabiya («Vulverhempton»), Hoselu («Real»), Alvaro Morata («Atletiko»), Ferran Torres («Barselona»), Ayose Peres («Betis»).

Italiya milliy jamoasining Yevro-2024 uchun tarkibi

Darvozabonlar: Janluiji Donnarumma («PSJ»), Aleks Meret («Napoli»), Gulelmo Vikario («Tottenhem»).

Himoyachilar: Alessandro Bastoni, Matteo Darmian, Federiko Dimarko (barchasi — «Inter»), Rikkardo Kalafiori («Bolonya»), Raul Bellanova, Alessandro Buondjorno (ikkisi ham — «Torino»), Andrea Kambiyazo, Federiko Gatti (ikkisi ham — «Yuventus»), Jovanni Di Lorenso («Napoli»), Janluka Manchini («Roma»)

Yarimhimoyachilar: Nikolo Barella, Davide Frattezi (ikkisi ham — «Inter»), Brayan Kristante, Lorenso Pellegrini (ikkisi ham — «Roma»), Maykl Folorunsho («Verona»), Nikolo Fadjoli («Yuventus»), Jorjinio («Arsenal»);

Hujumchilar: Federiko Kiyeza («Yuventus»), Stefan Al-Sha’roviy («Roma»), Jakomo Raspadori («Napoli»), Mateo Retegi («Jyenoa»), Janluka Skamakka («Atalanta»), Mattia Dzakkani («Latsio»).

Xorvatiya milliy jamoasining Yevro-2024 uchun tarkibi

Darvozabonlar: Dominik Livakovich («Fenerbahche»), Nedilko Labrovich («Riyeka»), Ivitsa Ivushich («Pafos»).

Himoyachilar: Yosip Stanishich («Bayyer»), Marin Pongrachich («Lechche»), Yoshko Gvardiol («Manchester Siti»), Martin Erlich («Sassuolo»), Yosip Shutalo, Borna Sosa (ikkisi ham — «Ayaks»), Domagoy Vida (AYeK), Yosip Yuranovich («Union»).

Yarimhimoyachilar: Lovro Mayyer («Volfsburg»), Mateo Kovachich («Manchester Siti»), Luka Modrich («Real»), Marselo Brozovich («An-Nasr»), Nikola Vlashich («Torino»), Ivan Perishich («Hayduk»), Luka Ivanushets («Feyyenoord»), Mario Pashalich («Atalanta»), Luka Suchich («Zalsburg»), Martin Baturina («Dinamo» Zagreb).

Hujumchilar: Andrey Kramarich («Hoffenhaym»), Ante Budimir («Osasuna»), Bruno Petkovich («Dinamo» Zagreb), Marko Pyatsa («Riyeka»).

Albaniya milliy jamoasining Yevro-2024 uchun tarkibi

Darvozabonlar: Etrit Berisha («Empoli»), Elxan Kastrati («Chittadella»), Simon Simoni («Ayntraxt»), Tomas Strakosha («Brentford»).

Himoyachilar: Naser Aliji («Voluntari»), Arlind Adjyeti («ChFR»), Ivan Balliu («Rayo Valekano»), Berat Jimsiti («Atalanta»), Elseid Xyusay («Latsio»), Adrian Ismajli («Empoli»), Marash Kumbulla («Sassuolo»), Enea Mixay («Famalikan»), Mario Mitay («Lokomotiv»).

Yarimhimoyachilar: Amir Abrashi («Grasshopper»), Kristyan Aslani («Inter»), Nedim Bayrami («Sassuolo»), Medon Berisha («Lechche»), Klaus Gyasula («Darmshtadt»), Kazim Lachi («Sparta» Praga), Ernest Muchi («Beshtiktosh»), Yulber Ramadani («Lechche»).

Hujumchilar: Jasir Asani («Kvanju»), Armando Broxa («Fulhem»), Mirlind Daku («Rubin»), Arber Xo‘ja («Dinamo» Zagreb), Rey Manay («Sivasspor»), Taulant Seferi («Bani Yas»).

B guruhidagi o‘yinlar taqvimi

15 iyun, shanba

Berlin. 21.00. Ispaniya — Xorvatiya

Dortmund. 00.00. Italiya — Albaniya

19 iyun, chorshanba

Hamburg. 18.00. Xorvatiya — Albaniya

20 iyun, payshanba

Gelzenkirhen. 00.00. Ispaniya — Italiya

24 iyun, dushanba

Dyusseldorf. 00.00. Albaniya — Ispaniya

Leypsig. 00.00. Xorvatiya — Italiya

Yevro-2024 pley-offi setkasi: turnir formati

Yevro-2024 turnirining 24 ishtirokchisi oltita guruhga bo‘lingan, har bir guruhda to‘rttadan milliy jamoa bor. Bu safargi guruh bosqichida jami 36 o‘yin bo‘ladi. 1/8 finalga guruhlardan birinchi va ikkinchi o‘rin egalari to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmaga ega bo‘ladi, shuningdek, olti guruhda eng yaxshi ko‘rsatkich qayd etgan to‘rtta uchinchi o‘rin sohiblari ham pley-offda o‘ynaydi. Eng yaxshi uchinchi o‘rinlarni aniqlash uchun guruh bosqichidagi natijalarga qaraladi. Quyida hisobga olingan mezonlar muhimlik darajasiga ko‘ra keltiriladi:

  • to‘plangan ochkolar soni;
  • urilgan va o‘tkazib yuborilgan gollar nisbati;
  • urilgan gollar soni;
  • g‘alabalar soni;
  • «feyr-pley» bo‘yicha intizomiy ochkolar soni kamligi bo‘yicha (har bir sariq kartochkaga bir ochko, qizil kartochka yoki ikkinchi sariq kartochka bilan maydondan chetlatilishga uch ochko yoziladi);
  • saralash turniridagi reyting.

Yevro-2024 pley-offi setkasi guruh bosqichidan keyin shakllantiriladi va 1/8 finaldan final o‘yiniga qadar qamrab oladi. Jamoalar har bir bosqichda bittadan o‘yin o‘tkazadi. Yevro-2024 g‘olibi 14 iyul kuni Berlinda o‘tkaziladigan final o‘yinida aniqlanadi.

Mavzu
Yevro-2024
2024 yil 14 iyunidan 14 iyuliga qadar Germaniyaning 10 ta shahrida 17-bor futbol bo‘yicha Yevropa chempionati bo‘lib o‘tadi.
Barchasi
Top