Turkmaniston «Darvoza» krateri olovini o‘chirish muvaffaqiyatli kechayotganini ma’lum qildi
Xalq orasida «Jahannam darvozasi» deb nomlangan kraterda 53 yil oldin kuchli yong‘in boshlangan va uni hanuzgacha o‘chirish yo‘li topilmagan.
Turkmaniston «Darvoza» krateridagi metan chiqindilarni kamaytirish bo‘yicha katta muvaffaqiyatga erishdi. Bu haqda «Turkmengaz» davlat konsernining Tabiiy gaz ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya rahbari Irina Luriyeva ma’lum qildi.
Xalq orasida «Jahannam darvozasi» deb nomlangan kraterda 53 yil oldin kuchli yong‘in boshlangan va uni hanuzgacha o‘chirish yo‘li topilmagan.
Luriyeva so‘zlariga ko‘ra, ilmiy-tadqiqot institutida ishlab chiqilgan o‘chirish usuli kraterga gaz oqimini kamaytirishdan iborat.
«Natijada bu usul krater tomon harakatlanadigan gaz oqimining kamayib borishiga sabab bo‘ladi. Biz bu gazning hammasini tortib olamiz, gaz mavjud zaxira quduqlariga yo‘naltiriladi», dedi u.
U kraterni to‘liq o‘chirish uchun qancha vaqt ketishiga aniqlik kiritmadi, ammo bu usul allaqachon kraterdan chiqayotgan metan chiqindilarini «sezilarli darajada» kamaytirishga imkon berganini aytdi.
Tadqiqot instituti olimlari yonayotgan kraterni o‘chirishning yagona yo‘li gaz olinadigan kon yaqinida quduq burg‘ulash degan xulosaga kelgan.
Ashxoboddan 266 km uzoqlikda joylashgan Qoraqum cho‘lidagi gaz krateri 1971 yilda razvedka konining qulashi oqibatida paydo bo‘lgan. Keyinchalik, diametri 60 m va chuqurligi 20 m bo‘lgan chuqur xalq orasida «Jahannam darvozasi» nomini oldi. Krater ostidagi g‘ordan chiqadigan va gaz yonishi natijasida paydo bo‘lgan olov ustunlari balandligi 15 metrga yetishi mumkin.
2022 yilda Turkmaniston sobiq prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov hukumatdan muammoga yechim topishni talab qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, gazning yonishi atrof-muhitga va yaqin atrofda yashovchi aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Mavzuga oid
11:05 / 21.12.2024
O‘zbekistonning yangi elchisi Turkmaniston prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
16:26 / 12.12.2024
Abdulaziz Komilov Turkmanistonning «Hurmatli el yoshullisi» unvoni bilan taqdirlandi
15:25 / 06.12.2024
Turkmaniston O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni ko‘paytiradi
19:33 / 05.12.2024