Jahon | 11:25 / 27.06.2024
5676
3 daqiqa o‘qiladi

Rossiya IIV rahbari BMT sammitida ishtirok etish uchun Nyu-Yorkka bordi

Rossiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev BMTga a’zo davlatlar politsiya idoralari rahbarlarining IV sammitida ishtirok etish uchun AQShga bordi.

Foto: RIA Novosti / Pavel Bednyakov

Rossiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev BMTga a’zo davlatlar politsiya rahbarlarining IV sammitida (UNCOPS-2024) ishtirok etish uchun Nyu-Yorkka bordi. Bu haqda 26 iyun, chorshanba kuni vazirlik matbuot kotibi Irina Volk ma’lum qildi. Sammit 26-27 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi, uning maqsadi xalqaro xavfsizlikni mustahkamlash, milliy politsiyalar va BMT politsiyasi o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdan iborat.

Sammit doirasida Kolokolsev va BMT bosh kotibining tinchlikparvarlik operatsiyalari bo‘yicha o‘rinbosari Jan-Per Lakrua o‘rtasida, shuningdek, xorijiy davlatlar huquq-tartibot idoralari delegatsiyalarining ayrim rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar rejalashtirilgan, dedi Volk. 

Kolokolsev: BMT Ukrainaning Qrimga bergan zarbasini baholashi kerak 

Uchrashuvda Kolokolsev BMTni 23 iyun kuni Ukraina qo‘shinlarining Qrimga uyushtirgan raketa hujumiga «tegishli baho berishga» chaqirdi. Ushbu hodisa oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, 140 dan ortiq kishi jarohat oldi. Volkning so‘zlariga ko‘ra, vazir hujum uchun «barcha javobgarlar» «muqarrar jazoga tortilishiga» ishonch bildirdi. 

Rossiya Ichki ishlar vazirligi rahbari, shuningdek, ba’zi G‘arb davlatlarining «tashkilot barcha nizom hujjatlarini chetlab o‘tgan holda» Rossiya Federatsiyasini Interpoldan chiqarishga urinishlari haqida ma’lum qildi, u «mavjud xalqaro platformalarning siyosiylashuvi» va «dunyoda rusofobiya ko‘rinishlari»ga ishora qildi.

Kolokolsevning ta’kidlashicha, Rossiya Ichki ishlar vazirligi «tinchlikni saqlash faoliyati barcha masalalari bo‘yicha» hamkorlikka ochiq.

Kolokolsev AQSh sanksiyalari ostida

2018 yilda AQSh Moliya vazirligi Vladimir Kolokolsevga qarshi shaxsiy sanksiyalar kiritdi. Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga keng ko‘lamli hujumi munosabati bilan Kolokolsev AQSh Moliya vazirligining yana bir sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan. Amerika qonunlariga ko‘ra, cheklovlarga duchor bo‘lgan shaxslarning Qo‘shma Shtatlarga kirishi taqiqlanadi. 

Mavzuga oid