Sport | 14:32 / 29.06.2024
9861
1 daqiqa o‘qiladi

Rasman: «Navbahor» va Babayan o‘zaro kelishuvga asosan shartnomani bekor qilishdi

«Navbahor» bosh murabbiyi Samvel Babayan sog‘ligida muammolar yuzaga kelganligi va davolanish ko‘p vaqtni talab etishi bois jamoani tark etdi.

Foto: Tribuna.uz

2025 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma klub rahbariyati va jamoa bosh murabbiyi o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvga asosan bekor qilindi. 

Ma’lumot uchun, Babayan 2021 yilgi mavsum yakunlanganidan so‘ng namanganliklar boshqaruviga kelgandi. Uning qo‘l ostida «lochinlar» ortda qolgan 2,5 yil davomida Superligada 64 ta o‘yin o‘tkazib, 33 g‘alaba, 20 durang va 11 mag‘lubiyatni qayd etishdi. To‘plar nisbati 83:45 ni tashkil qildi.

Bu mavsumda «Navbahor» Superligada 12 ta bahsda 19 ochko to‘plab, 5-o‘rinda bormoqda. Jamoa 5 o‘yindan beri g‘alaba nimaligini bilmayapti.

Mavzuga oid