Toshkent xalqaro aeroportining uchib ketish zali yonida yong‘in yuz berdi
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga oshxonadagi kichik yong‘in sabab bo‘lgan. Toshkent xalqaro aeroporti normal rejimda ishlayotgani ma’lum qilindi.
Toshkent xalqaro aeroportining uchib ketish zali yaqinida yong‘in yuz berdi.
Toshkent xalqaro aeroporti ma’lumotiga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 11:20da aerport vokzal oldi maydonida “Terminal” kafesida yong‘in kelib chiqqan. Voqea joyiga zudlik bilan aeroport va shahar o‘t o‘chirish bo‘limlari yetib kelgan.
Yong‘in soat 11:47 da o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida 5 kvadrat metr maydonga zarar yetgan.
Qayd etilishicha, yong‘indan jabrlanganlar yo‘q. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga oshxonadagi kichik yong‘in sabab bo‘lgan.
Toshkent xalqaro aeroporti normal rejimda ishlamoqda.
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, hozirda yong‘in sababi va yetkazilgan zarar aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
21:23 / 21.12.2024
Farg‘onadagi sexda yuz bergan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
08:45 / 20.12.2024
Toshkentda yana bir yo‘lovchi avtobusida yong‘in chiqdi
23:26 / 18.12.2024
Toshkentda avtobus yonib ketdi
15:29 / 17.12.2024