Hokim va hokim o‘rinbosarlari uchun manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan seminar o‘tkazildi
Transperensy international ning 2023 yilgi korrupsiyani qabul qilish indeksiga ko‘ra, 180 ta davlat orasida O‘zbekiston 33 ball bilan 121-o‘rinni egalladi. Mamlakat ballarini 2 taga oshirib, o‘rnini 5 pog‘onaga yaxshilashga muvaffaq bo‘lgan.
«Darhaqiqat, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bilan bog‘liq huquqiy mexanizmlar takomillashtirilib, bir qator muhim normativ-huquqiy hujjatlar qabul kilinmoqda. O‘zbekiston Respublikasining «Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi qonuni huquqni qo‘llash amaliyotida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va tartibga solish maqsadiga qaratilgani bilan ahamiyatlidir», deyiladi Adliya vazirligi matbuot xizmati xabarida.
Sirdaryo viloyat hokimligida tuman shahar hokimlari va hokim o‘rinbosarlari ishtirokida tashkil etilgan seminarda mazkur qonun mazmun-mohiyati xususida so‘z bordi.
Tadbirda Adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev tomonidan ushbu qonunning maqsadi va amal qilish sohasi, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi axborotni oshkor etishga va manfaatlar to‘qnashuvini aniqlashga doir choralar haqida batafsil tushuntirildi.
Shuningdek, muloqotda korrupsiyaga oid islohotlarni birdek ta’minlanishiga barcha birdek mas’ul ekani ta’kidlanib, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabar bermaganlik uchun belgilangan jazo choralari haqida to‘xtalib o‘tildi.
Tadbirda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, hududda sodir etilgan korrupsion holatlarni hududiy kengashlar yig‘ilishlarida muntazam muhokama qilib borish, reyting natijalarini yaxshilash bo‘yicha mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi. Manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik va uning oqibatlari tushuntirilib, ogohlantirildi.
Mavzuga oid
17:20 / 17.12.2024
Xitoyda katta miqdorda pora olishda ayblangan partiya mulozimi qatl etildi
12:00 / 11.12.2024
Netanyahu korrupsiya bo‘yicha ish yuzasidan sudda ko‘rsatma berishni boshladi
21:00 / 09.12.2024
200 dollarlik fotosurat, “ish bitirgan” kurka bolalari va qo‘shmachining “tanka”si – noodatiy poralar
18:54 / 25.10.2024