“Shu yerda o‘tirgan bolalarga yengillik qilib bersangiz” - Baxtiyor Qudratullayev va boshqalar sudda so‘nggi so‘zini aytdi
“Baxti Tashkentskiy” ishida sud hukmi o‘qilishi yaqin. 15 iyul kungi sud majlisida advokatlar va 37 nafar sudlanuvchi muzokara so‘zida nutq qildi. Shundan so‘ng sudlanuvchilarga so‘nggi so‘z berildi.
“Baxti Tashkentskiy” ishi bo‘yicha navbatdagi sud majlisida sudlanuvchilarning so‘nggi so‘zi tinglandi.
Baxtiyor Qudratullayev so‘nggi so‘zida suddan panjara ichida o‘tirganlarga yengillik qilib berishini so‘radi.
“Bizda yomon niyat bo‘lmagan. Masalan, bir-biriga pichoq ko‘tarmasin-tiqmasin, psixotrop tabletkalar va boshqalarga aralashib qolmasin, degan ma’noda qilingan narsa bo‘lgan. Bular “seryozniy” ishlarga aralashgan bolalar emas. O‘g‘illarim o‘tiribdi, bittasi kasal.
Bu bolalarning ayrimlari uylangan, ayrimlari uylanmagan. Kimlarningdir qarib qolgan onaxonlari bor. Menga o‘xshab bularga ham armon bo‘lib qolmasin: qamoqdan chiqishimdan bir yil oldin onam olamdan o‘tib qolgan, qabrga qo‘yolmaganman.
Biz terrorist, korrupsioner bo‘lmaganmiz, odamxo‘r emasmiz. Davlatga qarshi yurgan joyimiz yo‘q. Iloji bo‘lsa, shu yerda o‘tirgan bolalarga yengillik qilib bersangiz”, dedi Baxtiyor Qudratullayev so‘nggi so‘zida.
Shuningdek, sudlanuvchilar orasida yagona ayol kishi bo‘lgan Nargiza Jumaniyozova to‘rt nafar farzandi borligini hisobga olib hukm chiqarishni so‘radi.
“Tuhmatlarga qoldim. Onamning yuzini yerga qaratdim. Ertaga qamaldi degan nomim bilan bolalarim qanday qilib boshini ko‘tarib yuradi?! Ota-onamning ko‘zlariga qarashim bor. O‘zbekchilikda bolalarim ortidan sovchilikka borishim bor. Bu o‘g‘rining “o‘ynash”i, qamalib chiqqan degan nom butun umr men bilan qoladi. Hammamiz uchun rahmdillik bilan hukm chiqaring”, degan Jumaniyozova.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod sudida sudya Tolibjon Obidov raisligida ko‘rilayotgan mazkur jinoyat ishida sud hay’ati hukm chiqarish uchun maslahatxonaga kirdi.
Hukm 19 iyul kuni e’lon qilinishi kutilyapti.
Mavzuga oid
21:28 / 18.12.2024
Guliston IIB TB fuqarolik nizosidan jinoyat ishi “yasadi”. Tergovchi yangi yilni issiq uyida, 50 yoshli ayol esa Rossiya hibsxonasida kutib oladimi?
21:02 / 12.12.2024
Yangiyo‘lda 5 bolani bosib ketib, ikki nafarining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi axloq tuzatish jazosini oldi
15:29 / 11.12.2024
Moskvadagi harbiy sud terrorizm bo‘yicha deyarli barcha ishlarni yashirdi
17:49 / 06.12.2024