Nogironlikni elektron tarzda belgilash tartibi yo‘lga qo‘yiladi
2025 yil 1 apreldan fuqarolarni TIEK ko‘rigiga yo‘llash uchun lozim bo‘lgan amaldagi davolanish muddatlari bo‘yicha talab bekor qilinadi hamda har bir kasallikning kechishi va turidan kelib chiqib alohida belgilanadi.
“Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2025 yil 1 apreldan:
- fuqarolarni TIEK ko‘rigiga yo‘llash uchun lozim bo‘lgan amaldagi davolanish muddatlari bo‘yicha talab bekor qilinadi hamda har bir kasallikning kechishi va turidan kelib chiqib alohida belgilanadi;
- TIEK tomonidan kasbga, sportga va ta’limga tavsiya berish tartibi bekor qilinadi;
- TIEKning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasining muddatini uzaytirish hamda maxsus jihozlangan transport vositasini boshqarish layoqatini belgilashga oid funksiyalari davlat tibbiyot muassasalariga o‘tkazilishi orqali tugatiladi;
- 18 yoshdan katta shaxslarga nogironlikni belgilashda nogironlikning muddati, sababi, tibbiy reabilitatsiya tadbirlari, shuningdek, protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtojligiga oid ma’lumotlar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida shakllantiriladi.
2025 yil 1 sentabrdan tumanlararo va tuman (shahar) TIEKlar tomonidan faqat tibbiy hujjatlarga asosan nogironlikni belgilash tartibi bekor qilinib, nogironlikni shaxs sog‘lig‘ining holati va funksionallikni baholash natijalaridan kelib chiqib elektron tarzda belgilash tartibi yo‘lga qo‘yiladi.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Rossiyaning navbatdagi manipulyatsiyalari». Zelenskiy Putinning o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga bergan javobini izohladi
Jahon | 01:23
-
Misr Isroil va HAMASga 60 kunlik sulh bo‘yicha yangi rejani taklif qildi
Jahon | 00:41
-
Indoneziya prezidenti korrupsionerlar uchun qamoqxona qurilishini e’lon qildi
Jahon | 23:54 / 13.03.2025
-
Tramp Putinning o‘t ochishni to‘xtatish borasidagi bayonotini «umidbaxsh, lekin to‘liq emas» deb atadi
Jahon | 23:23 / 13.03.2025
Mavzuga oid

13:51 / 28.02.2025
2025 yilda xizmatlar sohasini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari belgilandi

15:26 / 01.02.2025
Sanepidqo‘m faoliyati tartibi belgilandi

12:22 / 23.12.2024
Kurash trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilish yo‘lga qo‘yiladi

20:07 / 03.12.2024