Viloyatliklarni haqorat qilgan yana bir qiz 10 sutkaga qamaldi
20 yoshli qiz ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifasida to‘g‘ridan to‘g‘ri efir qilib, behayo so‘zlar bilan viloyatlarda yashovchi aholining sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitgan. U sudda haqoratli so‘zlarni salbiy fikr bildirgan kuzatuvchilariga javob tariqasida aytib yuborganligini bildirib, uzr so‘ragan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Viloyatliklarni haqorat qilgan yana bir qizga ma’muriy jazo qo‘llandi. Bu haqda Kun.uz’ga Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2004 yilda tug‘ilgan, Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida yashovchi S.R. 2024 yilning 20 iyul kuni Instagram’dagi sahifasida viloyatliklarni haqorat qilgan. U to‘g‘ridan to‘g‘ri vaqtida axloq qoidalarini mensimagan holda behayo so‘zlar bilan viloyatlarda yashovchi aholining sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitgan. Qizning ushbu harakatlari ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilarining jiddiy noroziligiga sabab bo‘lgan.
Bundan tashqari, S.R. holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazish uchun Chirchiq shahar IIB XPG profilaktika inspektori kelganida ko‘chada baqir-chaqir qilib, jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzgan holda mayda bezorilik sodir etgan.
S.R. sudda viloyatliklarga nisbatan haqoratli so‘zlarni salbiy fikr bildirgan kuzatuvchilariga javob tariqasida aytib yuborganligini, bu qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini ta’kidlagan. U barchadan uzr so‘rashini aytgan va suddan o‘ziga nisbatan yengillik berishni so‘ragan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar sudining qarori bilan S.R. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida (Mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Oldinroq viloyatliklarni haqoratlagan qiz 15 sutkaga qamalgan, qishloqliklarni “jirkanch maxluqot” deb atagan qiz esa jarimaga tortilgandi.
Mavzuga oid

11:50 / 13.02.2025
Germaniya sudi ukrainalikni vataniga ekstraditsiya qilishga ruxsat berdi

16:33 / 09.02.2025
Namanganda mast holda mashina boshqarib, uch kishining o‘limiga sabab bo‘lgan yigit 6 yilga qamaldi

14:54 / 07.02.2025
Uyatsiz-buzuqlarga uchrayotgan bolalar yoxud “shilqimlik” niqobida jinoyatdan qutulib qolayotgan kattalar: sud va prokuratura qayoqqa qarayapti?

12:39 / 07.02.2025