O‘zbekistonda parlament saylovlari 27 oktyabr kuniga belgilandi
Saylov kampaniyasi bugundan boshlanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlar saylovi 2024 yil 27 oktyabrda o‘tkaziladi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi xabar qildi.
Saylov kompaniyasi 2024 yil 26 iyulidan boshlanishi ma’lum qilindi, shuningdek, kalendar reja tasdiqlandi.
Ma’lumot uchun, Qonunchilik palatasi saylovlari ilk marta majoritar-proporsional (aralash) tizim asosida o‘tkaziladi.
Bu tizimda saylov okruglari bir mandatli va yagona saylov okruglariga bo‘linadi. Parlament quyi palatasi deputatlarining 75 nafari bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha majoritar tizim (nomzod uchun ovoz berish), qolgan 75 nafari proporsional tizim bo‘yicha, ya’ni siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar asosida (partiya ro‘yxati asosida) saylanadi.
Partiya ro‘yxatiga kiritilgan nomzodlar ushbu siyosiy partiyaning a’zolari yoki partiyasiz bo‘lishi mumkin. Boshqa siyosiy partiyaning a’zolari ushbu ro‘yxatga kiritilishi mumkin emas, deputatlikka nomzodlarni tanlash tartibi siyosiy partiyalar tomonidan belgilanadi.
Ayollarning soni bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha, shuningdek partiya ro‘yxati asosida siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan deputatlikka nomzodlar sonining kamida 40 foizini tashkil etishi kerak. Bunda partiya ro‘yxatidagi ketma-ketlikda kamida har 5 nafar nomzodning ikki nafari ayol kishi bo‘lishi lozim.
Mavzuga oid
10:19 / 03.12.2024
Ruminiyada prezidentlik saylovlari birinchi turi natijalari tasdiqlandi
15:11 / 02.12.2024
Islandiyadagi saylovlarda sotsial-demokratlar g‘alaba qozondi
10:42 / 02.12.2024
Ruminiyada saylovlar: hukmron sotsial-demokratlar yetakchilik qilmoqda
13:19 / 29.11.2024