Yangiyo‘ldagi dahshatli qotillik. Hodisa joyidan reportaj
27 iyul kuni Yangiyo‘l tumanida bir oilaning 5 a’zosi o‘ldirib ketildi. Jinoyatchi qilmishini yashirish maqsadida xonadonni yoqib yuborgan. Kun.uz muxbiri jinoyat sodir bo‘lgan joyda bo‘lib, hodisa tafsilotlarini o‘rgandi.
Yangiyo‘l tumanidagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘lgan. Xonadonni ko‘zdan kechirish davomida 5 nafar – 1991 yilda tug‘ilgan erkak, 1999 yilda tug‘ilgan ayol, 2021, 2022 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bola va 2018 yilda tug‘ilgan qizning murdalari turli tan jarohatlari bilan topilgan.
Prokuratura va ichki ishlar organlarining xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhi tomonidan jinoyat fosh etildi.
Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, gumonlanuvchi (1995 y.t.) jabrlanuvchi erkak (marhum)ning qarindoshi hisoblanib, u ushbu jinoyatni o‘rtalarida mavjud bo‘lgan qarz munosabati sababli sodir etgan.
Kun.uz muxbiri Yangiyo‘l tumanida bo‘lib, marhumning qo‘ni-qo‘shnilari bilan suhbatlashdi.
Mavzuga oid
23:25 / 22.12.2024
Rossiyada safar sumkasi ichidan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi
18:43 / 20.12.2024
Google Maps fotosurati Ispaniyadagi qotillikni ochishga yordam berishi mumkin
16:51 / 16.12.2024
Konibodomda yana to‘rt kishining jasadi topildi
20:01 / 13.12.2024