Toshkentda onlayn qimor o‘tkazib kelgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Yakkasaroy tumanida ijaraga olingan uyda onlayn qimor o‘yinlarini o‘tkazib kelgan 12 nafar chet el hamda 18 nafar O‘zbekiston fuqarolari ushlandi. Mazkur qimorxonada 3 oy davomida 900 ming AQSh dollari aylantirilgani aniqlangan.
Toshkent shahrida onlayn qimor o‘yinlarini o‘tkazib kelgan jinoiy guruh qo‘lga olindi. Bu haqda Kun.uz’ga Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, poytaxt IIBB va boshqa huquqni muhofaza qilivchi organlar bilan hamkorlikda Yakkasaroy tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Olingan tezkor ma’lumotga asosan tumanda joylashgan xonadonlarning biri xolislar bilan ko‘zdan kechirilganda chet el fuqarolari tomonidan ijaraga olingan ushbu uyda tavakkalchilikka asoslangan onlayn qimor o‘yinlari o‘tkazib kelinayotgani aniqlangan.
Tezkor tadbir davomida ashyoviy dalil sifatida 37 dona noutbuk, 1 400 AQSh dollari miqdorida pul, 34 ta sim karta, 7 ta telefon, 12 ta bank plastik kartasi rasmiylashtirilib olingan. Tergov jarayonida aniqlanishicha, ushbu qimorxonada 3 oy davomida 900 ming AQSh dollari aylantirilgan. Gumonlanuvchi sifatida 12 nafar chet el va 18 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 278-moddasida qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish jinoyati nazarda tutilgan. Unga ko‘ra, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni qonunga xilof ravishda tashkil etish yoki o‘tkazish, shu jumladan ana shunday o‘yinlar uchun qimorxonalar tashkil etish yoki ularni saqlash 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Agar ushbu harakatlar takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan, shuningdek, uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi beriladi.
Mavzuga oid
16:39 / 18.12.2024
«Yashash va sevgi san’atini o‘rgansa bo‘ladi» - yozuvchi Abdulla Qahhor va Kibriyo Qahhorova uyidan fotoreportaj
15:01 / 17.12.2024
Andijonda fuqarolarning mashinalarini ijaraga olib, ularni yo‘q qilish bilan shug‘ullangan yirik uyushgan guruh ustidan sud boshlandi
12:01 / 09.11.2024
Buxoroda 16 yoshli bola o‘nlab shaxslar nomiga kredit olib, onlayn qimorga tikib yubordi. U qamoqqa olingan
23:13 / 19.10.2024