Sport | 21:51 / 09.08.2024
11102
1 daqiqa o‘qiladi

Parij-2024. Razambek Jamalov finalga chiqdi

Uzoq yillik tanaffusdan keyin o‘zbekistonlik erkin kurashchilar yana Olimpiya o‘yinlari finalida.

Foto: olympic.uz

Yozgi Olimpiya o‘yinlarida erkin kurash bahslarida O‘zbekiston vakili Razambek Jamalov yurishini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda.

-74 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Razambek Jamalov yarimfinalda rossiyalik kurashchi, turnirda Tojikiston nomidan ishtirok etgan Viktor Rassadinni mag‘lubiyatga uchratdi va finalga chiqdi.

Endi 26 yoshli sportchi ertaga Yaponiya vakili Daichi Takataniga qarshi oltin medal uchun kurashadi.

Jamalov dastlabki bosqichlarda Olimpiada finalchisi, rossiyalik Magomedhabib Nurmagomedov va 4 karra Yevropa chempioni, Slovakiya nomidan qatnashgan Taymuraz Salkazanov to‘sig‘idan o‘tgandi. Chorakfinalda esa yana bir rossiyalik, Albaniya nomidan qatnashgan Chermen Valiyevdan ustun keldi.

Mavzuga oid