Xillari Klinton Kamala Xarrisga «shisha shift»ni sindirish vaqti kelganini aytdi
AQSh prezidentligiga ilk ayol nomzod sifatida tarixga kirgan Xillari Klinton mash’alani topshirish vaqti kelganini ta’kidladi.
AQSh sobiq davlat kotibi Xillari Klinton Demokratik partiya milliy qurultoyida Kamala Xarris vanihoyat birinchi ayol prezidentga aylanib, Amerikadagi «eng baland va mustahkam shisha shiftni» sindira olishini aytdi.
Klintonning ma’lum qilishicha, u yirik partiya nomidan prezidentlik lavozimi uchun nomzodlikni ilk bor qo‘lga kiritgan ayol sifatida o‘zining «shisha shiftini» parchalagan. «Birimiz uchun to‘siq yanchib o‘tilsa, u barchamizga yo‘lni ochib beradi», — deydi u sakkiz yil oldingi qurultoyda so‘zlagan nutqini takrorlab.
Xillari Klinton 2016 yilda prezidentlik lavozimi uchun nomzodini qo‘ygan ayol sifatida tarixga kirgan bo‘lsada, oxir-oqibat saylovlarda Donald Trampga mag‘lub bo‘lgan. Endi Demokratik partiya yana bir bor ayol kishini Oq uy rahbarilavozimiga nomzod sifatida ko‘rsatayotgan paytda u mash’alani topshirish vaqti kelganini aytmoqda.
«Birgalikda eng baland va eng mustahkam shisha shiftda ko‘plab yoriqlar ochdik. Shisha shift ortida Kamala Xarris qo‘llarini ko‘targan holda Qo‘shma Shtatlarning 47-prezidenti sifatida qasamyod qabul qilmoqda», — deydi Klinton.
BBC bilan suhbatlashgan siyosatchi ayollar va delegatlar ham davlat lavozimlariga nomzod bo‘lishda, ham o‘z jamoalariga xizmat qilishda qator to‘siqlarga duch kelishlarini aytdi. Michigan shtatidan saylangan senator Mellori Makmorrou 2018 yilda prezdentlik uchun nomzodini ilgari surganida, okrugdagi ayollardan biri undan farzand ko‘rishni rejalashtirayotgani bilan qiziqqan.
«U yuzimga qarab, bu ish onalar uchun emasligini aytdi», — deydi Makmorrou. U Michigan tarixida o‘z lavozimida bo‘la turib farzand dunyoga keltirgan ikkinchi ayolga aylandi.
Xillari Klinton 2016 yilda prezidentlik poygasi vaqtida tashqi ko‘rinishi, kiyinishi va hatto ovozi borasida tandiqlar domida qolgandi. Ohayo shtatidan delegat Deloris Xadsonga ko‘ra, saylovchilar Klintonni nafaqat shaxsiy vakolatlari, senator va AQSh davlat kotibi lavozimidagi faoliyatiga qarab, balki turmush o‘rtog‘i, sobiq prezident Bill Klinton bilan munosabatlariga qarab ham baho bergan.
Xadsonning ta’kidlashicha, ko‘plab ayollar Xillarini turmush o‘rtog‘ining Monika Levinski bilan munosabatlaridan xabar topganidan keyin ham aloqani uzmagani uchun qoralagan.
2016 yilda Klintonning Trampga mag‘lub bo‘lishi o‘zgarishlar uchun katalizator bo‘lib xizmat qildi. U butun mamlakat bo‘ylab ayollar yurishlariga va 2018 yilgi saylovlarda rekord miqdordagi ayol nomzodlarning ishtirok etishiga turtki bo‘ldi. Hozirda Vakillar palatasining 28,5 foizni ayollar tashkil etadi, 2017 yilda ularning soni 19,1 foizga teng edi.
Mavzuga oid
11:59
O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish doirasida AQSh bilan bayonnoma imzoladi
11:30 / 21.12.2024
Qo‘rqmas jangchi – Saddam Husaynning nabirasi amerikalik askarlarga qarshi qanday jang qilgandi?
19:29 / 20.12.2024
Reuters: Bayden administratsiyasi Ukrainaga oxirgi harbiy yordam paketini e’lon qilishga tayyorlanmoqda
13:43 / 20.12.2024