Hindiston milliy qahramonining 10 metrli haykali qulab tushdi
Ochilganiga endi sakkiz oy to‘lgan haykalni o‘rnatishda ishlar sifatsiz olib borilgani aytilmoqda.
Hindiston milliy qahramoni Shivaji haykali o‘rnatishdagi ishlar sifatsiz olib borilgani tufayli qulab tushdi, deb xabar beradi Financial Express.
Maxarashtra shtati g‘arbidagi Sundxudurg tumaniga o‘rnatilgan ushbu haykal 2023 yilning dekabrida tantanali ravishda ochilgan va marosimda mamlakat bosh vaziri Narendra Modi ham ishtirok etgandi.
Shtat rahbarining aytishicha, hukumat holat bo‘yicha barcha mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. «Ish sifati keraklicha nazorat qilinmadi. Asosiy e’tibor bosh vazir Narendra Modi ishtirok etgan tadbirni o‘tkazishga qaratildi», — deydi u.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, balandligi 10 metrni tashkil etgan Shivaji haykali 26 avgust kuni, ochilganidan sakkiz oy o‘tib qulagan. Hodisa oqibatida halok bo‘lgan yoki jabrlanganlar yo‘q.
Qayd etilishicha, haykalni o‘rnatishda sifatsiz konstruksiya va materiallardan foydalanilgan.
Mahalliy hokimiyat mutaxassislarning haykalni o‘rnatish jarayoni talablarga javob bermaydigan tarzda amalga oshirilgani va u ob-havo ta’sirida qulab tushishi mumkinligi borasida gap-so‘zlarini e’tiborsiz qoldirib kelgan.
Mavzuga oid
09:49
O‘zbekiston va Hindiston o‘zaro havo qatnovlarini haftasiga 28 taga yetkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi
11:42 / 18.12.2024
O‘zbekiston va Hindiston zargarlik buyumlari ishlab chiqarish imkonini o‘rganmoqda
20:02 / 17.12.2024
Hindiston havoning ifloslanishi bilan bog‘liq cheklovlarni kuchaytirdi
21:54 / 12.12.2024