2023 yilda Telegram 173 million dollar zarar ko‘rdi – FT
Kompaniyaning o‘tgan yilgi daromadi esa 342 million dollarni tashkil etdi.
Telegram’ning 2023 yildagi daromadi 342 million, operatsion xarajatlari 108 million, umumiy zarari esa 173 million dollarni tashkil etdi. Bu haqda kompaniyaning moliyaviy hisobotida aytilgan, deb xabar berdi Financial Times.
Telegram balansidagi raqamli aktivlar, jumladan, Toncoin qiymatining oshishi hisobiga zarar qisman qoplangan.
Platformaning o‘zi hisobotlarini ommaga e’lon qilmaydi. FT materialida aytilishicha, 2023 yilda Telegram raqamli aktivlarining umumiy qiymati qariyb 400 million dollarni tashkil etgan, 2024 yilda kompaniya Toncoin’ni taxminan 244 million dollarga sotgan. Shu bilan birga, Telegram bosh direktori Pavel Durovning Parijda hibsga olinishi haqidagi xabardan so‘ng Toncoin narxi 20 foizga arzonlashib, 5,46 dollarga tushdi.
Fransiyada Pavel Durovga qarshi boshlangan tergov Telegram’ning yaqin ikki yil ichida IPO (Initial Public Offering — kompaniya aksiyalarini fond birjasida birlamchi joylashtirish) o‘tkazish rejalarini izdan chiqarishi mumkin, chunki investorlar va reklama beruvchilar platformaga sarmoya kiritishni xohlamayapti, deb ta’kidladi FT ekspertlarga tayanib. Bahorda Pavel Durov kompaniya ulushini olmoqchi bo‘lgan investorlar uni 30 milliard dollarga baholashganini aytgandi.
Iyul oyigacha Telegram’ning oylik auditoriyasi 950 million kishiga yetdi. Durov hibsga olinganidan keyingi dastlabki kunlarda butun dunyo bo‘ylab iOS platformasida dasturni yuklab olishlar soni 4 foizga oshdi, deb xabar berdi TechCrunch. Shu kunlarda Fransiyada Telegram boshqa ijtimoiy tarmoqlar orasida yuklab olish bo‘yicha birinchi o‘ringa, umumiy ro‘yxatda uchinchi o‘ringa ko‘tarilgan.
28 avgust kuni, hibsga olinganidan to‘rt kun o‘tib, Parij sudi Pavel Durovni 5 million yevro miqdorida garov evaziga sud nazorati ostida qo‘yib yubordi. Unga Telegram’dagi firibgarlarning harakatlari va messenjerning Fransiya hukumati bilan hamkorlikdan bosh tortishiga oid oltita ayblov qo‘yilgan.
Mavzuga oid
20:54 / 12.12.2024
Telegram 2024 yilda 15 milliondan ziyod kanal va guruhlarni blokladi
21:19 / 09.12.2024
Ukraina rasmiylari Telegram ilovasidan foydalanishni kamaytirdi – OAV
20:04 / 26.11.2024
Kriptovaluta bilan bog‘liq bitimlar Telegramʼning asosiy daromad manbaiga aylandi
22:35 / 23.11.2024