Sirdaryoda qoidalarni buzgan holda baliq ovlagan shaxsga 20 mln so‘m jarima belgilandi
Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan Xovos tumanida navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi.
Reyd davomida fuqaro T.X. tumandan oqib o‘tuvchi zovurdan ov qoidalarini buzgan holda 4 turdagi 27 ta baliqlarni ovlagani, bulardan 9 ta baliq me’yoridan (5 kg) ortiqcha ekanligi aniqlandi. Natijada hayvonot dunyosiga 14 mln 960 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Huquqbuzar BHMning 15 baravari — 5 mln 100 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi. U qilmishi uchun jami 20 million 60 ming so‘m (jarima va zarar) to‘laydigan bo‘ldi.
Mavzuga oid
16:38 / 06.12.2024
Markaziy Osiyo mamlakatlari vegetatsiya mavsumi uchun suvni taqsimlab oldi
15:57 / 26.11.2024
Kuvayt Sirdaryoda ko‘p qavatli uylar qurishi mumkin
11:59 / 05.11.2024
O‘zbekistonlik olimlar Farg‘ona vodiysidan yangi baliq turini topdi
10:40 / 08.10.2024