Toshkentda ikki hafta mobaynida qariyb 30 kg giyohvand vositalar va psixotrop moddalar ushlandi
Holat yuzasidan 260 dan oshiq jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Toshkent shahrida ikki haftada turli shaxslardan ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalari va psixotrop hamda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar olingan. Bu haqda shahar IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrida 2024 yilning 20 sentabr kunidan 20 oktyabr kuniga qadar giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish oyligi o‘tkazilmoqda.
Oylik doirasida o‘tkazilgan tadbirlarda turli shaxslardan 29 kg 486 gr giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar, 8 547 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari tegishli tartibda rasmiylashtirilib olingan.
Shuningdek, 94 ta giyohvandlik moddalari va kuchli ta’sir qiluvchi dori-vositalarini yashirish yo‘li bilan tarqatish holatlari aniqlangan.
Qayd etilishicha, bu turdagi jinoyatlar yuzasidan 260 tadan ziyod jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
“Hurmatli hamshaharlar va poytaxtimiz mehmonlari! Siz ham ushbu oylik doirasida faol ishtirok etishingizni so‘raymiz. Giyohvandlik moddalari yoki kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini tarqatish bilan shug‘ullanuvchilar, shuningdek, narkograffiti yozuvlarini yozib ketuvchi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz, hududiy profilaktika inspektoriga, yaqin oradagi IIBga, https://t.me/stopnarko_bot Telegram boti yoki @murojaat_narko2024 Telegram akkaunti orqali murojaat qilishingiz mumkin”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
18:02 / 21.12.2024
Faoliyatda qonun buzilishi, sertifikatsiz o‘qituvchilar va norozi ota-onalar – “NEWTON ACADEMY” o‘quv markazi haqida nimalar ma’lum?
18:36 / 20.12.2024
Toshkentdagi elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini demontaj qilish buyurildi
13:54 / 19.12.2024
Poytaxt IIBB Otabek Bakirov ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etdi
23:26 / 18.12.2024