Fermer xo‘jaligi 382 mln so‘mlik qum-shag‘al aralashmasini qazib olgani aniqlandi
Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida foydali qazilmalarni o‘zboshimchalik bilan qazib olish holatlari fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, Muborak tumanidagi “J.” fermer xo‘jaligi rahbari F.B. va boshqalar xo‘jalikka qarashli yer maydonida noruda foydali qazilma hisoblangan tabiiy qumni o‘zboshimchalik bilan qazib olgan.
Natijada davlat va jamiyat manfaatlariga 676,1 mln so‘m zarar yetkazilgan.
Shuningdek, fuqaro S.Yu.ga ushbu yer maydonidan qum qazib olishga ruxsatnoma olib berishi evaziga 100 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Bundan tashqari, “R.U.” MChJ va “M.R.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari Payariq tumani, “Tomoyrot” MFY hududidagi yer maydonlaridan qum-shag‘al aralashmasini o‘zboshimchalik bilan qazib olgan.
Oqibatda davlat va jamiyat manfaatlariga 382,8 mln so‘m zarar yetkazilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish), 229-moddasi (o‘zboshimchalik) va 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
20:16 / 06.12.2024
Qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib kelganlar tabiatga 65 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazdi
09:10 / 03.12.2024
943 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi
12:20 / 27.11.2024
4 mlrd so‘mlik qum-shag‘al aralashmasini qazib olish holati aniqlandi
07:30 / 26.11.2024