O‘zbekiston | 10:38 / 11.11.2024
1004
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda O‘zbekiston-Litva biznes-forumi o‘tkazildi

Toshkent shahrida O‘zbekiston-Litva biznes-forumi va ikki tomonlama Ishbilarmonlar kengashi majlisining ikkinchi davrasi o‘tkazildi.

Foto: "Dunyo" AA

O‘zbekistonning Riga shahridagi diplomatik vakolatxonasi ma’lumotiga ko‘ra, tadbirda ishtirok etish uchun Litvaning transport va logistika, kimyo sanoati, energetika, oziq-ovqat va boshqa sohalardagi 14 ta yirik kompaniyalar vakillaridan iborat delegatsiyasi Toshkent shahriga keldi.

Biznes-forum davomida B2B formatidagi uchrashuvlar, Litva delegatsiyasi vakillarining mamlakat hududlariga tashrifi, tegishli idoralarda uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilgan.

Tadbir yakunida yangi eksport shartnomalar, O‘zbekistonda investitsiya loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha bitimlar, shu bilan birgalikda Ishbilarmonlar kengashining 2025 yilga  mo‘ljallangan tadbirlar rejasi imzolandi.

Mavzuga oid