Berlinda Rossiya muxolifati tomonidan uyushtirilgan urushga qarshi marsh bo‘lib o‘tdi
Ishtirokchilar Rossiya hukumati, rahbariyatiga, Ukrainadagi urushga qarshi shiorlarni aytishdi. Marsh Rossiya elchixonasi oldida yakunlandi.
Berlinda Rossiya muxolifati tomonidan uyushtirilgan urushga qarshi marsh bo‘lib o‘tdi. Namoyishchilar Rossiya elchixonasi binosi oldiga yetib borishdi. U yerda miting tashkilotchilari Ilya Yashin, Vladimir Kara-Murza va Yuliya Navalnaya yig‘ilganlarga murojaat qildi.
Yashin, xususan, shunday dedi: «Siz chiqib, Putin Rossiya emasligini ko‘rsatganingizdan juda minnatdorman. Rossiya bu biz. Biz urushga, tajovuzga qarshimiz, biz erkin, tinch Rossiya tarafdorimiz».
Kara-Murza bu marhum Boris Nemsovning eng sevimli shiori ekanligini ta’kidlab, «Chekistlar hukumati yo‘qolsin» deb hayqirdi. «Siz har qanday saylov natijalarini soxtalashtirishingiz mumkin, siz so‘rovlar natijalarini soxtalashtirishingiz mumkin, ammo bu yorqin, go‘zal insonlar yuzlaridan iborat dengizni soxtalashtira olmaysiz», dedi u.
Yuliya Navalnya stol ustiga chiqib shunday dedi: «Men birinchi marta stol ustida gapiryapman, lekin agar stolga chiqib, Putinni qotil deb aytish kerak bo‘lsa, men stolga chiqib, Putinni qotil deb aytaman», dedi u.
Aksiya boshlanganidan keyin politsiya ishtirokchilar soni 1800 kishi ekanini ma’lum qildi. «Meduza» muxbirlari marshga 2-3 ming kishi kelganini ta’kidladi. «Dojd» 4-5 ming ishtirokchi haqida xabar berdi.
Mavzuga oid
12:48 / 12.12.2024
Shmigal Shols bilan qochqinlarni Ukrainaga qaytarishni muhokama qildi
11:08 / 10.12.2024
2015 yildan beri Suriyada 540 nafardan ortiq Rossiya harbiysi halok bo‘ldi
21:19 / 09.12.2024
Ukraina rasmiylari Telegram ilovasidan foydalanishni kamaytirdi – OAV
18:06 / 09.12.2024