AQSh Gonsalesni Venesuelaning saylangan prezidenti sifatida tan oldi
Venesuela xalqi Edmundo Gonsales Urrutiani prezident etib sayladi, dedi AQSh davlat kotibi Blinken. Muxolifat yetakchisining hibsga olish orderi tufayli Venesuelani tark etgan.
AQSh Venesuela muxolifati yetakchilaridan biri Edmundo Gonsales Urrutiani Janubiy Amerikadagi ushbu davlatning saylangan prezidenti sifatida tan oldi. 28 iyul kuni Venesuela xalqi aniq gapirdi, dedi 19 noyabr, seshanba kuni AQSh davlat kotibi Entoni Blinken. «Demokratiya saylovchilar irodasini hurmat qilishni talab qiladi», deb ta’kidladi Davlat departamenti rahbari.
Gonsalesning o‘zi Vashington pozitsiyasi uchun minnatdorchilik bildirdi. Bu ishora «mamlakatimizdagi o‘zgarishlar va biz 28 iyul kuni birgalikda amalga oshirgan fuqarolik jasoratiga hurmat ko‘rsatdi», deb yozdi siyosatchi X mikrobloglar tarmog‘ida.
Karakas AQSh diplomatiyasi rahbarining so‘zlariga tanqidiy munosabat bildirdi. Bolivar Respublikasi tashqi ishlar vaziri Ivan Xil amerikalik hamkasbini «Venesuelaning umume’tirof etilgan dushmani» deb atadi.
Venesuelada munozarali prezidentlik saylovlari
Venesuelada prezidentlik saylovlari 28 iyul kuni bo‘lib o‘tdi. Mamlakat hukumatiga sodiq saylov komissiyasi 51,2 foiz ovoz bilan mamlakatni 2013 yildan beri ikki muddat boshqarib kelayotgan Nikolas Maduroning g‘alabasini e’lon qildi. Xalqaro kuzatuvchilarga saylovni kuzatishga ruxsat berilmagan.
Muxolifat AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan o‘z nomzodi Edmundo Gonsales g‘alaba qozonganini e’lon qildi. Butun mamlakat bo‘ylab bahsli saylov natijalariga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Namoyishlar chog‘ida 28 kishi halok bo‘ldi, 200 ga yaqin kishi yaralandi, ikki mingdan ortiq namoyishchi hibsga olindi.
Mavzuga oid
11:59
O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish doirasida AQSh bilan bayonnoma imzoladi
11:30 / 21.12.2024
Qo‘rqmas jangchi – Saddam Husaynning nabirasi amerikalik askarlarga qarshi qanday jang qilgandi?
19:29 / 20.12.2024
Reuters: Bayden administratsiyasi Ukrainaga oxirgi harbiy yordam paketini e’lon qilishga tayyorlanmoqda
13:43 / 20.12.2024