Senat qo‘mitalariga raislar saylandi
19 noyabr kuni Oliy Majlis Senatining yangi tarkibdagi ilk yalpi majlisida yuqori palataning 7 ta qo‘mitasi tuzilib, ulardan 6 tasiga raislar saylandi.
Unga ko‘ra, Senat qo‘mitalari quyidagi senatorlar rahbarligida faoliyat yuritadi:
Erkin Fayziyevich Gadoyev – Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi;
Abdulhakim Xushboqovich Eshmuratov – Sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari qo‘mitasi raisi;
Qutbiddin Nukritdinovich Burhonov – Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi;
Bahrom Ismoilovich Abdullayev – Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi;
Orzigul Mo‘ydinovna Qozixonova – Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi;
Anvar Mirzaahmedovich To‘ychiyev – Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi.
Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi hamda Odob-axloq komissiyasiga raislar saylanishi bo‘yicha Senat matbuot xizmati xabarida ma’lumot berilmagan.
Yalpi majlisda Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi. Shuningdek, Sodiq Safoyev Senat raisining birinchi o‘rinbosari, Amanbay Orinbayev Senat raisi o‘rinbosari lavozimlarini saqlab qoldi.
Bir kun oldin Qonunchilik palatasi qo‘mitalariga raislar saylangandi.
Mavzuga oid
17:20 / 18.12.2024
Kelgusi yilda ta’lim va fan sohasiga 86,3 trln so‘m yo‘naltiriladi - Tanzila Norboyeva
14:50 / 18.12.2024
Senat 2025 yilga mo‘ljallangan davlat budjetini ma’qulladi
13:56 / 19.11.2024
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi
12:40 / 19.11.2024