O‘zbekiston | 11:49 / 20.11.2024
2244
1 daqiqa o‘qiladi

Vazirlar Mahkamasi oldida turgan ustuvor vazifalar belgilandi

Prezident xalq davlat idoralariga emas, aksincha, davlat tashkilotlari xalqqa, uning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilishi zarur, degan talab barcha rahbar kadrlar faoliyatining asosiy mezoni ekanini eslatdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisi bo‘lib o‘tyapti.

Prezident aytilgan dolzarb vazifalarni bajarishda yangi hukumatning Qonunchilik palatasi bilan yanada samarali hamkorlik olib borishi muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Shu nuqtayi nazardan Vazirlar Mahkamasi oldida turgan ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Avvalambor, ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini odamlarga yanada yaqinlashtirish lozim.

Prezident xalq davlat idoralariga emas, aksincha, davlat tashkilotlari xalqqa, uning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilishi zarur, degan talab barcha rahbar kadrlar faoliyatining asosiy mezoni ekanini eslatdi.

Qonun qabul qilindimi, u albatta ishlashi, odamlar hayotida sezilarli o‘zgarish qilishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Qonunlar ijrosi Oliy Majlis palatalarining tegishli qo‘mitasi va mas’ul ijro etuvchi organ bilan birgalikda o‘rganib borilishi muhim ahamiyatga ega.

Mavzuga oid