YeTTB Ukrainaning DTEK energooperatorini moliyalashtirmaydi
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Ukrainaning DTEK energetika operatoriga Rossiyaning o‘qqa tutishi oqibatida energetika sohasida yuzaga kelgan og‘ir vaziyatga qaramay, yordam bermaydi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) Rossiya armiyasi tomonidan o‘qqa tutish oqibatida mamlakat energetika sohasida yuzaga kelgan og‘ir vaziyatga qaramay, Ukrainaning DTEK elektr operatoriga yordam bermaydi. Bu haqda Italiyaning Corriere della Sera nashri 24 noyabr, yakshanba kuni YeTTB prezidenti Odil Reno-Bassoga tayanib yozmoqda.
Reno-Bassoning so‘zlariga ko‘ra, bankning bunday qarori mahalliy oligarxlarga tegishli Ukraina kompaniyalariga yordam berishni istamaslik bilan bog‘liq. DTEK egasi esa Ukrainaning eng boy odami Rinat Axmetov bo‘lib, uning boyligi kamida to‘rt milliard dollarga baholanadi.
«Iqtisodiyotni oligarxlar ta’siridan ozod qilish maqsadi mutlaqo fundamentaldir va biz bu borada juda qat’iy nuqtayi nazarga egamiz: bu Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi uchun amalga oshirilishi kerak bo‘lgan islohotlarning bir qismidir», — deydi bank prezidenti.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bu masalada murosaga kelish «uzoq muddatda mamlakat istiqboliga putur yetkazadi». Uning fikricha, vaziyatni o‘zgartirish uchun Axmetovning kompaniya ustidan nazoratini zaiflashtirish maqsadida «kengroq islohotlar» va «tuzilmani o‘zgartirish» kerak. «Urush paytida oligarxlarning roli zaiflashdi, ammo undan keyin hamma narsa boshqacha bo‘lishi mumkin», deya qo‘shimcha qildi u.
YeTTB Yevropa instituti bo‘lmasa-da, uning aksiyadorlari qatoriga Yevropa Ittifoqi, uning barcha a’zolari va Yevropa investitsiya banki kiradi.
Mavzuga oid
09:33
YeTTB Xorazmda elektr uzatish tarmog‘i qurilishini moliyalashtiradi
21:39 / 27.11.2024
Samarqandda tramvayning 3-yo‘nalishi ochilishi mumkin
12:53 / 27.11.2024
DTEK YeTTBning kompaniyani moliyalashtirishdan bosh tortganiga izoh berdi
07:53 / 30.08.2024