Qozog‘iston Rossiyaga qarshi qaysi sanksiyalarga amal qilmasligi ma’lum bo‘ldi
Mamlakat birinchi navbatda o‘z manfaatlarini himoya qiladi va bunga putur yetkazadigan sanksiyalarga amal qilmaydi.

Foto: Maksim Bogodvid/RIA Novosti
Qozog‘iston o‘z iqtisodiyotiga zarar yetkazadigan Rossiyaga qarshi sanksiyalarga rioya qilmaydi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Serik Jumangarin ma’lum qildi.
«Gap shundaki, bizda ishlab chiqariladigan ma’lum tovarlar sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan. Ammo biz bu tovarlarga hech qanday cheklovlar qo‘ymoqchi emasmiz, chunki buning orqasida katta mehnat jamoalari, ba’zan bu ishlab chiqarish obektlari joylashgan butun monoshaharlar bor, shuning uchun bu juda muhim», dedi u.
Shu bilan birga, Qozog‘iston sanksiya cheklovlarini chetlab o‘tuvchi davlat sifatida harakat qilmoqchi emas, dedi bosh vazir o‘rinbosari.
Jumangarin avvalroq Qozog‘iston Rossiyaga qarshi sanksiyalarga «ko‘r-ko‘rona amal qilmasligini» aytgan edi, ayniqsa, ular mahalliy kompaniyalar manfaatlariga daxldor bo‘lsa.
«Biz ishlab chiqaruvchilarimizga savdoni taqiqlashlariga yo‘l qo‘ymaymiz», dedi u.
Shu bilan birga, Jumangarinning tushuntirishicha, Qozog‘iston hali ham asosiy cheklovlarga rioya qilishda davom etadi, chunki u G‘arbning to‘g‘ridan-to‘g‘ri sanksiyalariga «bardosh berolmaydi».
Qozog‘iston Rossiyaga qarshi xalqaro sanksiyalarga ochiq qo‘shilmadi, biroq ko‘pgina savdo cheklovlariga rioya etishga harakat qilmoqda. Shunga qaramay, ba’zi Qozog‘iston kompaniyalari G‘arb davlatlarining sanksiyalariga uchragan.
Mavzuga oid

10:02
Tramp Putin bilan bo‘lgan suhbat haqida ma’lum qildi

19:54 / 08.02.2025
Alisher Usmonov Germaniyaning Tagesspiegel gazetasiga qarshi sudda g‘alaba qozondi

16:42 / 08.02.2025
Boltiqbo‘yi davlatlari Rossiya elektr tarmog‘idan uzildi

13:40 / 08.02.2025