Issiqxona xo‘jaliklari faoliyati qayta tashkil etiladi
Faoliyati qayta tashkil etiladigan issiqxona xo‘jaliklarini boshqarish maqsadida tijorat banklari tomonidan investitsiya kompaniyalari tashkil qilinadi.

Foto: Kun.uz
Vazirlar Mahkamasining “Respublikada issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini sog‘lomlashtirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Faoliyati qayta tashkil etiladigan issiqxona xo‘jaliklarini boshqarish maqsadida tijorat banklari tomonidan investitsiya kompaniyalari tashkil qilinadi. Bunda banklarga:
- issiqxona majmualarini investorlarga, shu jumladan, respublikaning boshqa hududlariga ko‘chirib o‘tkazish orqali sotish;
- issiqxona xo‘jaligi tomonidan qo‘shimcha garov ta’minotini taqdim etish hisobiga issiqxona majmualarini ta’mirlash va aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kredit resurslarini ajratish;
- tijorat banklari tomonidan xorijiy valutadagi kreditlarni ularning kredit siyosatlari doirasida milliy valutada qayta rasmiylashtirishni ko‘rib chiqishga ruxsat beriladi.
Shuningdek, issiqxona xo‘jaliklarida yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirish maqsadida tijorat banklari Agrosanoatni rivojlantirish agentligi yordamda yuqori malakali agronomlarni jalb qilishadi.
Issiqxona xo‘jaliklari va ularga ajratilgan kreditlarni yangi mulkdorga qayta rasmiylashtirishda «Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» AJ tomonidan ilgari berilgan kafillik va kompensatsiyalar bo‘yicha shartnomalarni qayta tuzishga ruxsat beriladi
Bundan tashqari, issiqxona xo‘jaliklariga xorijiy valutada ajratilgan kreditlar milliy valutada qayta rasmiylashtirilganda, «Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» AJ tomonidan Markaziy bankning asosiy stavkasining 4 foizlik punktidan yuqori va asosiy stavkaning 1,75 baravaridan oshmagan stavkadagi kreditlarga hududlar toifasidan kelib chiqqan holda, kompensatsiya taqdim etiladi.
Qarzdorlikni so‘ndirish hisobiga undiruv qaratiladigan garovga qo‘yilgan mol-mulkni (issiqxona majmuasi va uskunasi), istisno tariqasida, bozor bahosida qayta baholab, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotishga ruxsat berilmoqda.
Mazkur choralar dastlabki tarzda Xorazm viloyatida, keyin esa respublikaning boshqa hududlarida amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Rossiyaning navbatdagi manipulyatsiyalari». Zelenskiy Putinning o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga bergan javobini izohladi
Jahon | 01:23
-
Misr Isroil va HAMASga 60 kunlik sulh bo‘yicha yangi rejani taklif qildi
Jahon | 00:41
-
Indoneziya prezidenti korrupsionerlar uchun qamoqxona qurilishini e’lon qildi
Jahon | 23:54 / 13.03.2025
-
Tramp Putinning o‘t ochishni to‘xtatish borasidagi bayonotini «umidbaxsh, lekin to‘liq emas» deb atadi
Jahon | 23:23 / 13.03.2025
Mavzuga oid

16:06 / 13.03.2025
«Oltiariqdagi issiq bog‘» - issiqxonada o‘rik yetishtirayotgan eskiarablik bog‘bon hikoyasi

13:51 / 28.02.2025
2025 yilda xizmatlar sohasini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari belgilandi

10:45 / 21.02.2025
Toshkent viloyatida gazdan o‘g‘rincha foydalangan issiqxonalar aniqlandi

08:23 / 13.02.2025