Jamiyat | 10:53 / 05.12.2024
9407
1 daqiqa o‘qiladi

Talabalar uchun qishki ta’til 25 dekabrdan boshlanadi

Qishki ta’til 2025 yilning 7 yanvariga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Foto: Kun.uz

Vazirlar Mahkamasi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i chiqarildi.

Unga ko‘ra, oliy ta’lim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar o‘quvchilariga joriy o‘quv yili uchun beriladigan qishki ta’til 2024 yilning 25 dekabridan boshlanadi.

Vazirlik xabarida ma’lum qilinishicha, qishki ta’til 2025 yilning 7 yanvariga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Mavzuga oid