Taxtaqoracha dovoni vaqtincha yopiladi
Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi dovonda amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkaziladi.

Foto: YHXX
Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi Taxtaqoracha dovonida favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida bugun, 5 dekabr kuni soat 09:00 dan amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkaziladi.
Mashq davomida yirik toshlarni xavfsiz tushirish ishlari amalga oshirilib, dovonda transportlar harakati vaqtincha cheklanadi.
Barcha haydovchilardan tashkil etilgan chora-tadbirlarni to‘g‘ri tushunish, tartibga soluvchilarning ishoralariga rioya qilish so‘raldi.
Mavzuga oid

21:29 / 05.06.2025
Toshkentdan vodiyga qaytishda ulkan tirbandliklar kuzatilmoqda

08:01 / 08.03.2025
Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi

12:13 / 13.11.2024
Qamchiq dovonidagi yo‘lda qolib ketgan haydovchilarga yordam ko‘rsatilmoqda

10:11 / 18.09.2024