98 mln so‘mlik gaz ballonlarini boshqalarga berib yuborgan tumangaz xodimlari ushlandi
Farg‘ona va Andijon viloyatlarida suyultirilgan gaz va gaz ballonlarini talon-toroj qilish holatlari fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berishicha, “Oltiariqtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi mas’ul shaxslari 153 ta aholi xonadoniga go‘yoki 2998 ta gaz ballonlarida 1 kg uchun belgilangan 1600 so‘mdan, jami 58 520 kg suyultirilgan gaz yetkazib berilgani haqida elektron dasturga soxta ma’lumotlar kiritgan.
Amalda esa gaz to‘ldirilgan ballonlarni qimmat narxlarda boshqa shaxslarga sotib yuborib, jami 262 million 4 ming so‘m naqd pulni talon-toroj qilgan.
Shuningdek, “Buloqboshitumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi mas’ul shaxslari o‘zlarining moddiy javobgarligida bo‘lgan umumiy bahosi 98 mln so‘mlik jami 235 dona suyultirilgan gaz ballonlarini hech qanday hujjatsiz boshqa shaxslarga berib yuborgan.
Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
07:40 / 21.12.2024
201 ta suyultirilgan gaz ballonini talon-toroj qilish holati aniqlandi
08:10 / 07.12.2024
Uch hududda 700 mln so‘mlik elektr va gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
15:25 / 06.12.2024
Turkmaniston O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni ko‘paytiradi
10:53 / 06.12.2024