Jahon | 18:28 / 06.12.2024
2348
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistondagi shaharda barcha jamoat joylari bepul Wi-Fi bilan ta’minlandi

Norin shahri bu ko‘rsatkich bo‘yicha MDH davlatlari orasida birinchi bo‘ldi.

Foto: economist.kg

Qirg‘izistonning Norin shahri MDH davlatlari ichida birinchi bo‘lib jamoat joylarida bepul Wi-Fi tarmog‘ini tashkil qildi.

Qayd qilinishicha, «Smart Naryn-24» loyihasi doirasida barcha jamoat joylarida bepul internet tarqatiladi.

Norin oblasti ma’muriyatining ma’lum qilishicha, ushbu loyiha shaharda raqamli infratuzilmani rivojlantirish va aholining hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan.

Loyiha ishtirokchilari orasida Markaziy Osiyo universiteti, Sky Mobile, Skynet Telecom MChJ va Norin shahri ma’muriyati bor.

Mavzuga oid