Toshkentda elektrobus va ikkita mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Yunusobod tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida Tracker-2 haydovchisi va bir nafar yo‘lovchisi shifoxonaga olib ketilgan.

Foto: IIBB YHXB axborot xizmati
Toshkent shahar IIBB YHXB Yunusobod tumanida elektrobus ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 8 dekabr kuni Yunusobod tumani, Bobodehqon ko‘chasida 22 yoshli T.R. boshqaruvidagi Tracker-2, 59 yoshli M.A. boshqaruvidagi Matiz hamda haydovchi X.Sh. boshqaruvida bo‘lgan Yutong rusumli elektrobus ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.
Hodisa oqibatida Tracker-2 rusumli avtomashina haydovchisi va bir nafar yo‘lovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Chilonzor tumani Bunyodkor—Qatortol ko‘chalari kesishgan chorrahada avtobus va Lacetti ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

17:27 / 12.02.2025
Toshkent viloyatida xotinini o‘ldirishda gumonlanayotgan er ushlandi

14:40 / 12.02.2025
“O‘n ming so‘mlikni dumaloqlab, kukunni burnidan tortdi” - Toshkentda navbatdagi reyd

17:03 / 11.02.2025
Toshkentda begona bola bilan muloqot qilishga uringan ruhiy xasta ayol ushlandi

07:24 / 11.02.2025