10 dekabr, seşanbaga ötar keçasi «Oq dubulğalilar» nodavlat notijorat taşkiloti tarqatgan bayonotga köra, Başar Asad rejimining şafqatsizligi ramziga aylangan Damaşq şimolidagi Saydnaya harbiy qamoqxonasida mahbuslar qolmadi. Taşkilot köngillilari qamoqxona binosini tintuv qilişdi.
Asad rejimi ağdarilib, isyonçi kuçlar qamoqxonaga bostirib kirganidan söng, bedarak yöqolgan mahbuslarning köplab yaqinlari uning yaşirin kameralari va maxfiy xonalarida omon qolgan mahbuslar bölişi mumkinligini taxmin qilişdi. Qidiruvga beşta guruh, jumladan, öqitilgan politsiya itlaridan iborat ikki guruh va qamoqxona bilan taniş bölgan insayderlar jalb qilingan. «Barça kiriş, çiqiş, ventilyatsiya şaxtalari, drenaj tizimlari, suv quvurlari, kabel kanallari va kuzatuv kameralari tekşirildi. Uşbu keng kölamli sa’y-harakatlarga qaramay, heç qanday yaşirin yoki yopiq joylar topilmadi», — deyiladi «Oq dubulğalilar» bayonotida.
Taşkilot rahbari Rayed Salehga köra, qamoqxonada jami 150 mingga yaqin kişi saqlangan. U suriyaliklar orasida qöriqçilarning şafqatsizligi va qiynoqlari bilan maşhur edi, şuning uçun uni «söyişxona» deb ataşgan. Mahbuslar orasida minglab begunoh fuqarolar ham bor edi. Yöqolgan mahbuslarni qidiriş davom etmoqda va köplab noma’lum jasadlar Saydnaya qamoqxonasi taşqarisida qolmoqda.
Suriya razvedkasi ikki zobiti AQŞda uruş jinoyatlarida ayblandi
9 dekabr, duşanba kuni AQŞ Adliya vazirligi Suriya harbiy-havo kuçlarining ikki sobiq zobitiga qarşi ayblov xulosasini e’lon qildi. 72 yoşli Jamil Hasan va 65 yoşli Abdul Salom Mahmud «Al Mezza harbiy aeroportidagi (Al Mezza qamoqxonasi) hibsxonalarda mahbuslar, jumladan, AQŞ fuqarolariga nisbatan şafqatsiz va ğayriinsoniy munosabatda bölganlikda» ayblanmoqda. Hasan va Mahmudni hibsga oliş uçun orderlar allaqaçon çiqarilgan, ammo ular hozirça ozodlikda qolmoqda, deya aniqlik kiritdi AQŞ Adliya vazirligi.








