Mbappe gol urdi va jarohat oldi, ammo «Real» bir amalladi. YeÇLda kun öyinlari
|15:10 / 11.12.202416 40218 min
«Liverpul» 100 foizlik natija qayd etmoqda. Seşanba oqşomidagi asosiy voqealar, gollar va YeÇL jadvalidagi vaziyat.
Foto: AFPFoto: AFP
Klass evaziga ğalaba
«Jirona» — «Liverpul» 0:1
Gol: Saloh (63, penalti).
«Jirona» – Gassaniga, Blind (Solis, 77), Kreyçi, Huanpe, Franses, Romeu, van de Bek (Martin, 76), Gutiyerres, Asprilya, Hil (Portu, 71), Danjuma (Stuani, 72).
«Liverpul» – Alisson, Roberson, van Deyk, Gomes, Aleksander-Arnold, Jons (Elliot, 76), Gravenberh, Soboslai, Dias (Endo, 89), Nunes (Gakpo, 71), Saloh.
Ogohlantirişlar: Dias (53), Romeu (55), Gomes (79), Franses (87), Portu (90+3).
«Liverpul» Kataloniyada özini ortiqça qiynamadi. Jamoa kuç tejagan holda natijaga erişişni közlagandi. Ammo «Jirona» turnir jadvalining quyi qismlarida kelayotgan bölsa-da, öz uyida jiddiy raqobat körsatadigan jamoa. Mezbonlar ilk xavfli hujumida oçiqçasiga mehmonlarni keçirişdi, Blind darvozabon hududida turib töpni xato tepdi, Danjumaning kuçsiz zarbasi esa gazonga yiqilib bölgan Alissonning öziga bordi. Hil ham hujumni yakunlaşda sustkaşlik qildi, faqat Asprilyaning kuçli zarbasidan keyin mehmonlar darvozaboni çinakamiga qahramonlik körsatişiga töğri keldi.
Umuman olganda, Arne Slot jamoasi dastlabki 45 daqiqalikda öz vaziyatlaridan foydalana olmaslik jazolanişi mumkinligini tuşunib yetdi. Ikkinçi bölimda hal qiluvçi vaziyat VAR aralaşuvi bilan sodir böldi: van de Bek jarima maydoni içida Diasning oyoğini bosib oldi, belgilangan penaltini aniq ijro etgan Saloh saviya evaziga ğalaba qozoniş qanday bölişini namoyiş etdi. Mersisaydliklar olti uçraşuvda olti ğalabaga erişib, turnir jadvalida 18 oçko bilan yakkapeşqadamlik qilmoqda va amalda pley-off masalasini hal qildi, ammo Slot öyindan keyingi matbuot anjumanida şogirdlarining harakatlaridan norozi böldi va bu turnirdagi eng yomon öyini bölganini qayd etdi.
«Atalanta» kötariliş davrida va ötgan haftani A seriyada yakka peşqadam sifatida yakunlagandi. «Real» esa jarohatlardan aziyat çekmoqda va öz tarixida ilk bor turnir guruh bosqiçidagi beş turdan uçtasida yutqazdi. Bunday holatda öyinda kim favoritligini aniq aytib bölmaydi, ammo şu kuni madridliklar safida Vinisius Junior safga qaytgandi. Mbappe ham asta-sekinlik bilan formaga qaytmoqda. Bergamoda fransuz hujumçisi ilk daqiqalardan maydondagi eng faol futbolçi böldi va 10-daqiqada jarima maydoni oldida töpni qabul qilib, bir harakat bilan De Ronni yöldan oldi va 26 yoşga tölişiga ön kun qolganida asosiy yevrokubokdagi 50-golini nişonladi. Bunday natijaga undan yoşroqligida faqat Messi erişgan (24 yoşu 284 kunlik).
Ammo Kilian 36-daqiqadayoq jarohat oldi va Rodrigoga almaştirildi. Qolaversa, birinçi bölimga qöşib berilgan daqiqalarda himoya markazida tuşgan Tşuameni Kolaşinatsni yiqitdi vaa De Ketelare penaltidan hisobni tenglaştirdi. Ikkinçi bölimda esa Vinisius yetakçilik sifatlarini namoyiş etdi. U özi gol urganida omad ham kulib boqdi, töp unga Braziliya milliy jamoasidagi şerigi Edersondan keldi. Vinining mehmonlarning hisobdagi ustunligini mustahkamlagan Bellinghemga pasi esa Kroosga xos uslubda ança içkaridan yetkazib berildi va öyinning bezagiga aylandi.
Hisobdagi farqni qisqartirgan Lukmanning öyini ham maqtovga sazovor, u Lukas Vaskes ortidan turib yaqin burçakni aniq nişonga oldi. Öyinning eng yaxşi futbolçisi maqomini Vinisiusdan tortib olgan nigeriyalik futbolçi jamoasini mağlubiyatdan qutqarib qolişi ham mumkin edi, ammo öyinga qöşib berilgan daqiqalarda uning uzatmasidan keyin bergamoliklarning eng yaxşi hujumçisi Retegi darvozabon hududida turib xato zarba yölladi. Jan Piyero Gasperini şogirdlari turnirda ilk bor yutqazdi, «Real» esa — Karlo Ançelotti va’da qilganidek — vaziyatni önglamoqda. Lekin olti turdan keyingi töqqiz oçko hali Madrid uçun öta kamtarona körsatkiç. Keyingi turlarni «Real» «Zalsburg» va «Brest»ga qarşi ötkazadi.
Bu — hujumga zör beradigan «Bayyer» hamda birinçi navbatda himoyani mustahkamlaydigan «Inter» qarama-qarşiligi edi, mehmonlar darvozaboni Zommer oldingi beş turda birorta gol ötkazmagandi. Lekin mezbonlar safida Bonifase va Şik yöqligida ham neradzurrilarning quruq seriyasi uçinçi daqiqadayoq barham topişiga bir baxya qoldi. Frimpongning zarbasidan keyin milanliklarni darvoza tösini qutqardi. Keyin esa — Virs aylanma zarba berganida — Zommer qutqardi. Narigi tomondagi darvozada turgan Kovarj esa dastlabki 45 daqiqa davomida zerikib qoldi — yevrokubok öyinini yana Lautaro Martinessiz boşlagan «Inter» raqib darvozasi sohasiga töğri borgan birorta zarba yöllamadi. Bu borada vaziyat ikkinçi bölimda ham özgarmay qoldi, italiyaliklar devori esa 90-daqiqada baribir buzib ötildi. Habi Alonso jamoasi çempionlik mavsumida bölgani kabi öyin oxirida ğalabani ilib ketdi. Bu safar — raqib jarima maydoni içidagi talatöpda Mukiyele boşqalardan ildamroq harakat qilib, yangi qahramonga aylandi. Bu uning yozda «PSJ»dan transfer qilinganidan buyon nemislar jamoasi safida urgan ilk goli.
Öyindan oldin pley-off hududidan taşqarida bölgan «PSJ» bor alamini zalsburgliklardan oldi, parijliklar safida öyinning ilk qismida Gonsalu Ramuş faolligi bilan ajralib turdi. Portugaliyalik hujumçi avgustda olgan jarohatidan yaqinda tuzalgandi, ammo Luis Enrike forvardga işonç bildirmoqda va uni sönggi öyinlarda boşlanğiç tarkibga kiritmoqda. Ramuşga gol hissi qaytişi kerak edi va seşanba oqşomida u ikkinçi urinişda bunga erişdi. Birinçi epizodda forvard Hakimi taşlab bergan töpni ikki metr masofadan turib darvozaga kirita olmadi, ammo bu boğlam baribir iş berdi. Öyinning eng yaxşi futbolçisi bölgan Barkolya töpni qarama-qarşi qanotda oçilgan Hakimiga yetkazib berdi, uning qanotdan darvozabon hududiga yöllagan uzatmasini esa Ramuş yiqilayotib darvoza burçagiga yönaltirib yubordi. Uning mavsumdagi debyut goli Fransiya çempionlari YeÇLning bu mavsumida safar öyinlarida urgan ilk goli böldi.
Avstriyadagi portugallar oqşomini esa ikkinçi bölimda Nunu Mendeş davom ettirdi, u hujumga faol qöşilib, zaxiradan tuşgan Duening uzatmasini kuçli zarba bilan golga aylantirdi. Duening özi esa öziga bildirilgan işonçni oqlab, Hakimining yana bir golli pasidan keyin öyindagi yakuniy natijani örnatdi. «PSJ» 2020 yil oktyabridan buyon ilk bor turnir safar öyinlarida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Bungaça parijliklar 21 öyin davomida muntazam ravişda gol ötkazişgandi. Jamoaning vaziyati asta-sekin yaxşilanmoqda, «PSJ» 7 oçko bilan çorşanba kungi öyinlar yakunlanguniça 24-öringa çiqib oldi. Bu pley-offga yöllanma beradigan sönggi örin, ammo barçasi yanvarda hal böladi — «Mançester Siti» va «Ştutgart»ga qarşi öyinlarda.
«Bavariya» fanatlari «Şaxtyor»ning boşqa öyinlariga qaraganda çipta narxlari qimmatlaşganiga qarşi Gilzenkirhendagi öyinni boykot qilişga çaqirdi. Şu tufayli nominal mezbonlar narxni pasaytirişga majbur bölişdi va «Feltins Arena» tribunalari nihoyat töldirildi. Muxlislar öyin boşlanişi bilan myunxenliklar darvozasiga urilgan golga guvoh bölişdi, Kevin raqib mudofaasidagi xatoni jazoladi. Ammo tanaffusga qadar barçasi öz joyiga tuşdi. Avvaliga jarima maydoni içida töpni egallab olgan Laymer uni tösin ostiga yölladi va bu yirik hisobdagi ğalabaning boşlanişi edi.
Birinçi bölim oxirida bavariyaliklar pressingi Musiala Myullerni darvoza qarşisiga çiqarişi bilan yakunlandi. Tomas YeÇLda qatorasiga ön oltinçi mavsumda gol urmoqda va bu bilan Rayan Giggz hamda Kriştianu Ronalduning natijasini takrorladi. Rekord seriyaga esa Messi va Benzema egalik qiladi (18 tadan mavsumda). Aytiş mumkinki, seşanba oqşomida Myuller hujum çiziğida jarohatlangan Keynning yöqligini bildirmadi. Ştatdagi penaltiçi roli esa Harridan vaqtinça Olisega ötdi. Musiala ham öz golisiz maydonni tark etmadi. U birinçi bor darvozani işğol etganida hujumdagi fol tufayli gol bekor qilindi, ammo öyin oxirida yarimhimoyaçi darvozabon va himoyaçilarni bolalarça aldab, baribir öz maqsadiga erişdi.
Barça beş uçraşuvda yutqazgan «Leypsig» oltinçi öyinda uçinçi daqiqadayoq gol ötkazib yubordi, Uotkins töpni darvoza qarşisida turgan Makginnga taşlab berdi. Angliyadagilar darhol bu «Aston Villa»ning yevrokuboklarda 1983 yildan buyon eng tezkor goli bölganini qayd etişdi. Ammo bölim örtalarida Emiliano Martines va Diyego Karlos bir-biriga işonib qolganida gazondan çöpçigan töpga Openda ega çiqib, böş darvozani işğol etib, hisobni tenglaştirdi.
Ikkinçi bölimda esa mezbonlar darvozaboni Gulaçi ham xatoga yöl qöydi. Zaxira qiroli Duranning uzoq masofadan yöllagan zarbasi kuçi, aniqligi va trayektoriyasi bilan çiroyli çiqdi, ammo töp baribir darvozabon turgan markaz tomon kelgandi. Keyin Openda yana bir bor özini körsatib, ança ortdan yetkazib berilgan töpga yetib borib, Baumgartnerni golli pas bilan ta’minladi, ammo öyindagi sönggi sözni baribir Unai Emeri şogirdlari aytişdi. Hal qiluvçi vaziyatda Gulaçidan omad yuz ögirdi, Barkli uzoq masofadan yöllagan zarbadan keyin töp rikoşet orqali darvoza töriga borib tuşdi. «Villa» 13 oçko bilan amalda pley-offda, «Leypsig» esa umidsiz ahvolda.
«Brest» — PSV 1:0
Gol: Le Kardinal (43).
«Brest» – Bizot, Aydara, Ndiayye, Şardonne, Le Kardinal (Pereyra Lajye, 56), Fernandeş, Dumbiya (Saloh, 88), Manetti, Kamara, Del Kastiyo, Balde (Sima, 69).
PSV– Benites, Dams (Verman, 46), Boskali, Flamingo, Karsdorp (Ledesma, 46), Mauro Junior, Tillman (Til, 84), Saybari, Lang, de Yong (Pepi, 73), Bakayoko (Losano, 73).
Ogohlantirişlar: Dams (41), Le Kardinal (45+2), Del Kastiyo (58), Tillman (64), Şardonne (84), Verman (86).
«Brest» tarix yozişda davom etmoqda. Raqib safida Saybarining zarbasi ustunga tegişi va darvozabon Bizotning seyvlari ham bunda katta rol öynadi, ammo fransuzlarning özi ham haqli ğalabaga erişdi. Faqat Benites yaqin masofadan yöllangan zarbani tösib, intrigani oxirgi daqiqalargaça saqlab qoldi. Yakunda 1:0 hisobi özgarmadi. «Brest» olti turda tört ğalabaga erişdi, bu esa fransuz klublari uçun 1996 yildan buyon eng yaxşi natija hisoblanadi, öşanda «Oser» guruh bosqiçini öta kuçli ötkazgandi. Erik Rua esa vatandoş murabbiylar orasida XXI asrda asosiy yevrokubokdagiilk mavsumida bunday natija qayd etiş borasida Zinedin Zidan bilan bir qatorda turadi. Ammo nyuans bor. Zizu «Real»da işlagan, Ruaning jamoasi esa — köpçilikka notaniş «Brest».
«Sporting» Ruben Amorim ketganidan keyin çökişda davom etmoqda. «Arsenal»dan uçralgan 1:5 hisobidan keyin «Bryugge»ga safarda mağlub bölindi, garçi lissabonliklar Katamoning zarbasidan keyin hisobni oçgan bölsa-da. «Şerlar» yetti yildan buyon ilk bor ketma-ket ikki öyinda raqiblari irodali ğalabaga erişişiga yöl qöyişdi. Bu orada milliy çempionatda «Santa Klara» va «Moreyrense»ga ham imkoniyat boy berilgandi. Belgiyadagi fiaskodan keyin pley-off masalasini yangi yilgaça hal qiliş imkoniyati yöqqa çiqdi. Endi barça umid yanvardagi öyinlardan, 10 oçkoga ega «Sporting» «Leypsig» va «Bolonya» bilan öynaydi. Asosiysi — ungaça Amorimsiz qanday öynaşni örganib oliş kerak.
Yumşoq qilib aytganda, Zagrebdagi zerikarli öyinni faqat natija nuqtayi nazaridan eslaş mumkin. «Seltik» oçkolari sonini 10 taga yetkazib oldi va yanvardagi birinçi turda Brendan Rodjyers jamoasi öz uyida «Yang Boyz» ustidan ğalaba qozonib, pley-off masalasini hal qilişi mumkin. Sakkiz oçkoga ega «Dinamo» uçun ham hali barçasi boy berilgani yöq, ammo yangi yilning birinçi oyida xorvatlarda juda qiyin taqvim bor, sönggi ikki turda jamoa avvaliga «Arsenal»ga safar qiladi, keyin «Milan»ni qabul qiladi.
Kun statistikasi
«Aston Villa» hujumçisi Duran bu mavsumda 6 bor zaxiradan öyinga tuşib gol urdi. Bu top-5 ligalardagi eng yaxşi körsatkiç.
«Atalanta» forvardi De Ketelare 7 (3+4) samarali ball töpladi — bu Çempionlar ligasida bir kampaniyadagi klub rekordi.
Alisson «Liverpul» safida YeÇLning 21 öyinida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Braziliyalik posbon Pepe Reynaga tegişli bölgan klub rekordini takrorladi.
«PSJ» himoyaçi Aşraf Hakimi turnirdagi golli uzatmalari sonini 24 taga yetkazdi. Bu parijliklar jamoasi himoyaçilari orasida Maksvellga tegişli bölib turgan rekord takrorlanişidir.