Uşbu qonun loyihasida ayrim qonun hujjatlariga zargarlik buyumlarini işlab çiqaruvçilarning qimmatbaho metallarga bölgan talabini qondiriş, ularning rivoji uçun qulay biznes muhitini yaratiş va qonunçilikda mavjud bölgan byurokratik tösiqlarni liberallaştirişga qaratilgan bir qator özgartiriş va qöşimçalar kiritiş taklif etilmoqda.
Loyiha bilan 2027 yil 1 sentabrga qadar “Özbekzargarsanoati” uyuşmasiga a’zo bölgan zargarlik buyumlarini işlab çiqaruvçi tadbirkorlarni mol-mulk va yer soliğidan ozod etiş belgilanmoqda.
Affinaj korxonalariga (tarkibida qimmatbaho metall va qimmatbaho toşlar bölgan xomaşyo bilan işlaş faoliyatini litsenziya asosida amalga oşiruvçi korxonalar) qimmatbaho metallarni zargarlik buyumlari işlab çiqaruvçilar uçun qulay şakl va miqdorlarga keltirgan holda sotiş hamda qimmatbaho metallardan suvenir tangalar tayyorlaş va realizatsiya qiliş huquqini beriş nazarda tutilyapti.
Zargarlik buyumlari işlab çiqaruvçilarga ham öz navbatida özlari yasagan zargarlik buyumlarining xomaki mahsulotlarini boşqa işlab çiqaruvçilarga realizatsiya qiliş huquqi berilmoqda.
Bundan taşqari, yuridik va jismoniy şaxslardan qimmatbaho metallarni va zargarlik buyumlarini sotib oliş faoliyati vakolatli organni xabardor qiliş tartibida amalga oşirilişi belgilanmoqda.
Şu bilan birga, qonun loyihasi bilan xorijda işlab çiqarilgan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toşlardan yasalgan zargarlik va boşqa buyumlarni bojxona tölovlari tölanganini tasdiqlovçi hujjatlarsiz sotuvga qöyiş hamda çakana savdoda realizatsiya qiliş taqiqlanmoqda.
Qonun loyihasining qabul qilinişi respublikada zargarlik sanoatini rivojlantiriş, mahalliy zargarlik buyumlari işlab çiqaruvçilarni yanada qöllab-quvvatlaş va ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş uçun zarur şart-şaroitlar yaratadi. Sohaning eksport salohiyatini oşiriş, aholining sifatli zargarlik mahsulotlariga bölgan ehtiyojini qondirişga xizmat qiladi.








