Sent-Luisdagi federal sudya Şimoliy Koreyaning 14 nafar fuqarosini AQŞ sanksiyalarini buzganlik va firibgarlik, 88 million dollar miqdorida pul yuviş va şaxsiy ma’lumotlarni öğirlaş kabi köp yillik fitnada aybladi. Bu haqda AQŞ Adliya vazirligi xabar berdi.
Ayblanuvçilar Yanbian Silverstar va Volasys Silverstar kompaniyalari orqali Xitoy va Rossiyada işlagan, soxta nomlar ostida Amerika IT-kompaniyalariga işga yollangan. Bu harakatlar ularga Şimoliy Koreya hukumatini moliyalaştiriş uçun sarflangan 88 million dollar daromad oliş imkonini berdi. Şuningdek, mablağlar AQŞ va Xitoy moliya tizimlari orqali Şimoliy Koreyaga ötkazilgan.
KXDR fuqarolari soxta veb-saytlar, soxta domenlar va soxta ismlar orqali öz şaxsini yaşirişgan. Ular nafaqat iş beruvçilarni aldagan, balki korporativ ma’lumotlarni oşkor qiliş bilan tahdid etgan. Ta’kidlanişiça, VPN, proksi-serverlar va soxta veb-saytlar xodimlarning asl manzilini yaşiriş uçun işlatilgan. Şuningdek, ular Amerikadagi uçinçi şaxslarga iş beruvçi tomonidan ajratilgan noutbuklarni qabul qiliş va faollaştiriş uçun pul tölagan, keyinçalik ulardan masofadan turib foydalanilgan.
Matbuot xabarida aytilişiça, kompaniyalar imkon qadar köproq pul topişi kerak bölgan xodimlar örtasida «sotsialistik musobaqalar» taşkil qilgan. Sxemaning ba’zi iştirokçilari oyiga kamida 10 ming dollar işlab olişlari kerak edi.
Adliya vazirligi ma’lumotlariga köra, bu harakatlar bir qator Amerika kompaniyalariga zarar yetkazgan, jumladan, maxfiy ma’lumotlarning tarqalişi va tovlamaçilik orqali. Endi ayblanuvçilar firibgarlik, pul yuviş va şaxsiy ma’lumotlarni öğirlaş moddalari böyiça 27 yilgaça qamoq jazosiga hukm qilinişi mumkin.








