Ukrainadagi uruşda 1 milliondan ortiq odam halok bölgan yoki yaralangan. Bu ma’lumotlarni 12 dekabr, payşanba kuni Bryusselda NATO boş kotibi Mark Ryutte e’lon qildi. «Har haftada har tomondan 10 mingdan ortiq odam halok böladi yoki yaralanadi», — deya Ryutte sözlarini keltirgan dpa. U Ukrainadagi voqealarni Ikkinçi jahon uruşidan keyin Yevropadagi eng qonli mojaro deb atadi.
Ukrainadagi uruş qurbonlarining haqiqiy soni bahslarga sabab böladi. Yaqinda prezident Volodimir Zelenskiy mojaro boşlanganidan beri Ukraina Qurolli kuçlarining 43 mingga yaqin askari halok bölganini, 370 ming nafari yaralanganini, biroq ularning yarmiga yaqini xizmatga qaytganini aytdi. Donald Tramp Rossiya tomonida 600 ming, Ukraina tomonida 400 ming halok bölgan va yaralanganlar haqida gapirdi. Britaniyaning The Economist jurnali Ukrainaning yöqotişlarini 60-100 ming kişi atrofida baholadi. BBC va «Mediazona» jurnalistlari frontda 78 mingdan ortiq rossiyalik halok bölganini tasdiqladi.
NATO boş kotibi Rossiya bilan uruşga tayyorgarlik körişga çaqirdi
Ryutte Bryusseldagi nutqida örta muddatli istiqbolda Rossiya bilan uruşga tayyorgarlik körişga çaqirdi. «Tört yoki beş yildan keyin bizni nima kutayotganiga tayyor emasmiz», dedi siyosatçi. «Ukrainada sodir bölayotgan voqealar biz bilan sodir bölişi mumkin», deb hisoblaydi u.
Hozir Rossiyadan heç qanday «bevosita harbiy tahdid» yöq, dedi Ryutte, lekin Rossiya «Ukraina va biz bilan uzoq muddatli qarama-qarşilikka» tayyorlanmoqda. NATO boş kotibi alyans a’zolarini «uruş davridagi fikrlaşga» va harbiy xarajatlarni «turbo» rejimiga ötkazişga çaqirdi. «Biz NATO hududida navbatdagi katta uruşning oldini olişimiz mumkin», dedi u.
«Agar biz hozir uruşning oldini oliş uçun köproq mablağ sarflamasak, keyinroq jang qiliş uçun köproq pul tölaymiz. Milliardlab emas, trillionlab yevro. Ya’ni, agar ğalaba qozonsak, umuman ğalaba qozona olsak», — deya Ryutte sözlaridan iqtibos keltiradi AP.








