Xitoy rahbari Si Jinping yanvar oyida Vaşingtonga AQŞ saylangan prezidenti Donald Trampning inauguratsiyasiga mehmon sifatida kelmaydi, deb xabar berdi CBS News.
Tadbirda Xitoyning AQŞdagi elçisi va uning rafiqasi iştirok etişi kutilmoqda, bu an’anaviy amaliyot. Ularga Pekinning boşqa rasmiylari ham qöşilişi mumkin.
Avvalroq Tramp Si Jinpingni 2025 yil 20 yanvarga belgilangan inauguratsiya marosimiga taklif etgani xabar qilingandi.
Si va Tramp örtasidagi munosabatlar sobiq AQŞ prezidentining birinçi prezidentlik muddati davomida samimiy edi. Ammo ular savdo uruşi va pandemiya paytida yomonlaşdi: Tramp koronavirusni «Xitoy virusi» deb atagan edi. Tramp va Si oxirgi marta 2019 yil iyun oyida Yaponiyada bölib ötgan sammit doirasida şaxsan uçraşgan.








